Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

"Xondiza" - davr talabi

on .

O’zbekiston suvereniteti birinchi navbatda mahalliylashtirish va import o’rnini bosish, shuningdek, sanoatning yuqori sur’atlarda o’sishini ta’minlashga qaratilgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirdi. Ushbu dasturlar ijrosi yo’lida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati nafaqat ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, balki ko’plab investitsion loyihalarni amalga oshirish, murakkab konchilik va qayta ishlash sanoatini ehtiyot qismlar hamda materiallar bilan ta’minlashda o’z hududini kengaytirish, mahalliy xom ashyo va reagentlardan foydalangan holda texnologik jarayonlarni qayta ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. Buning uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi, sanoat korxonalari barpo etildi. Ular orasida noyob konchilik-boyitish majmuasi bo’lgan Xondiza kon boshqarmasi alohida o’rin tutadi. Uning noyobligi, mamlakatimizning aynan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan hududi - Surxondaryo viloyatida ruda qazib olishdan tortib to uni qayta ishlash va kontsentrat shaklida tayyor mahsulot olishga qadar deyarli to’liq tsikl bilan ishlaydigan majmuaning bunyod etilganidadir. Bundan tashqari, barcha ob’ektlar bir vaqtning o’zida, alohida bosqichlarga bo’linmagan holda foydalanishga topshirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yilning 10 avgustidagi “Xondiza” va “Uch-quloch” konlari polimetall rudalarining mineral xom ashyo bazasidan samarali foydalanish to’g’risida”gi 442-sonli Farmoniga asosan, 2007 yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yangi kon-boyitish majmuasi qurilishini boshladi. 2010 yilning dekabridayoq boyitish fabrikasi ishga tushirildi.

“Xondiza” konidan qazib olingan polimetall ruda rux konsentratining birinchi partiyasi Olmaliqdagi Rux zavodiga yuborildi. O’shanda, 2010 yilning dekabrida mustaqil O’zbekistonning birinchi rux metalli olingan edi.

Ammo oldinda texnologiyani rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatiga bosqichma-bosqich chiqish, korxonaning har bir bo’g’ini uchun kadrlar tayyorlashdek jiddiy vazifa turardi. Zero, Xondiza kon boshqarmasi o’z solnomasini “Olmaliq KMK” AJning yangi bo’linmasi sifatida rasman ochilgan vaqtdan, ya’ni 2011 yilning may oyidan boshlagan. Mana, shundan buyon bor-yo’g’i 10 yil o’tdi. Ushbu kon boshqarmasi kombinatning sh u turdagi eng yosh korxonalaridan biri bo’lishiga qaramay, bu yerda ko’plab ijobiy o’zgarishlarga erishildi.

SHuni alohida ta’kidlash joizki, jamoadagi deyarli barcha ishchi-xodimlar - aso siy ishlab chiqarish uchun ham, yordamchi xizmatlar uchun ham mahalliy aholi orasidan tayyorlandi. Bu yerdagi yoshlar maktab partasidayoq o’z taqdirlarini Respublikamizdagi eng barqaror korxonalardan biri bilan bog’lashni, shu bois o’qishni davom ettirib, bu yerga yosh mutaxassis sifatida qaytishni rejalashtirmoqda.

Xondiza kon boshqarmasi foydalanishga topshirilgach, ham konda, ham boyitish fabrikasida texnologiyalarni yanada takomillashtirish ishlari olib borildi. Buning natijasida ajratib olishning oshishi va konsentrat tarkibidagi metallning ko’payishiga erishildi. Bu ijodiy jarayonlar, shubhasiz, shu bilan to’xtab qolmaydi. Noyob texnologik jarayonli murakkab ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan jamoa boshqa mamlakatlardagi boyituvchilarning tajriba va tavsiyalaridan foydalangan holda, o’z faoliyatlarini zamon bilan hamnafas davom ettirishadi.

2018 yildan boshlab korxona o’z mahsulotini, ya’ni qo’rg’oshin kontsentratini eksport qila boshladi. O’tgan 2020 yilda korxona tomonidan rejadagi 24,5 ming tonna o’rniga 24,627 tonnadan ortiq qo’rg’oshin kontsentrati eksporti amalga oshirilganining o’ziyoq bu faoliyatning muvaffaqiyatli davom etayotganini isbot etadi

Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi o’zining birinchi o’n yilligi davomida, belgilangan muddatda yillik ishlab chiqarish quvvati 650 ming tonnaga chiqdi. Mana shu davr uchun belgilangan barcha reja-maqsadlarga erishdi. Yangi marralar belgilab olindi va kelgusi faoliyatning istiqbollari kengaytirildi.

Bugun har bir vatandoshimiz o’zining fidokorona mehnati bilan yangi O’zbekiston tarixini yaratishda ishtirok etmoqda. Bu esa Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasiga ham taalluqlidir. Korxonada 930 nafardan ziyod konchi-boyituvchilar strategik ahamiyatga ega tabiiy resurslarni qazib olish va qayt a ishlash, O’zbekiston s anoatini rivojlantirish va o’zlarining turmush tarzini yanada yaxshilash yo’lida mehnat qilayotganliklari bilan faxrlanadilar.

Hurmatli Xondiza kon boshqarmasi ma’muriyati va ishchi-xodimlari hamda ushbu korxonaning bunyod etilishida faoliyati qaysidir ma’noda u bilan bog’langan OKMKning barcha mutaxassislari!

Sizlarni kon boshqarmasining o’n yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Sizga hamda oila a’zolaringizga mustahkam sog’lik, xonadoningizga to’kinlik va farovonlik tilayman!

Sizning bunyodkorona mehnatingiz mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash va kelgusida ko’p millatli Vatanimizning gullab-yashnashi yo’lida bardavom xizmat qilsin.

Abdulla XURSANOV,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi,

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech