A- A A+

Sport hayotidan

Kim chopag’on?

on . Posted in Sport hayotidan

OKMK Avtomobil transport boshqarmasi  va Texnologik transport boshqarmasi ishchi-xodimlari o’rtasida sportning yugurish turi bo’yicha birinchilik o’tkazildi.

Erkaklar o’rtasidagi 100 m. masofaga yugurish bahslarida ATB 1-avtokorxonasi haydovchisi R.Islomov marraga birinchi bo’lib yetib keldi.

Shu avtokorxona haydovchilari X.Abdug’aniyev ikkinchi o’rinni, A.Ahmedov esa uchinchi o’rinni egallashdi.

Xotin-qizlar o’rtasida kechgan  60 m. masofaga yugurish bahslarida ATB dasturchisi M.Ozolinya marra chizig’ini birinchi bo’lib kesib o’tdi.

TTB ish taqsimlovchisi M.Soliyeva ikkinchi o’ringa, ATB 1-avtokorxona ish taqsimlovchisi G.Marasulova uchinchi o’ringa loyiq ko’rildi.

Musobaqa g’oliblari pul mukofotlari bilan rag’batlantirildi.

Ramz Abdug’aniyev,

ATB sport yo’riqchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech