A- A A+

Sport hayotidan

AGMK gandbolchilari mamlakat kubogini qoʻlga kiritishdi

on . Posted in Sport hayotidan

Joriy yilning  20-27 may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida sportning gandbol turi boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi uchun musobaqalar boʻlib oʻtdi.

Ahamiyatlisi, mazkur musobaqada har ikki jamoamiz ham samarali natija qayd etdi. Ushbu musobaqada 10ta jamoa ikki guruhga boʻlingan holda bahs olib borishdi. Barcha uchrashuvlarni koʻtarinki ruhda oʻtkazgan vakillarimiz raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Shunday qilib, murabbiy Hasan Qayumov shogirdlari yettinchi bora Oʻzbekiston kubogini boshlari uzra baland koʻtarishdi.

Kuni kecha AGMK gandbolchilari bilan OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi oʻrinbosari Shavkat Doʻsimbetov uchrashib, ularni bunday yuksak gʻalaba bilan samimiy muborakbod etdi. Va kelgusi musobaqalarda ham omad yor boʻlishini tiladi.

Shuningdek, murabbiy Vladimir Moʻminov shogirdlari boʻlgan AGMK ayollar gandbol jamoasi ham  9-marotaba Oʻzbekiston kubogiga ega chiqishdi. Ular hisobida 12 marotaba mamlakat chempionligi unvoni ham borligini alohida taʻkidlash joiz.

AGMK erkaklar gandbol jamoasi hisobida esa  6 karra Oʻzbekiston chempionligi bor boʻlib, ular hozirda 23-Osiyo Chempionlar ligasiga tayyorgarlik koʻrishmoqda. Ushbu nufuzli musobaqa joriy yilning  10-22 iyun kunlari  Saudiya Arabistonining Jidda shahrida oʻtkazilishi kutilmoqda.

 AGMK gandbolchilari oʻz tarixlarida birinchi bora nufuzli musobaqada ishtirok etishadi.  Yana bir eʻtiborli jihat gandbol boʻyicha yurtimiz terma jamoasi asosini ham AGMK jamoasi aʻzolari tashkil etishadi. Terma jamoa safida 10 nafar vakilimiz mamlakatimiz sharafini himoya qilishadi. Ularga omad tilaymiz.

OKMK Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech