Sport hayotidan

Sport — sog’lom hayot garovi

on . Posted in Sport hayotidan

“Olmaliq KMK” AJda sog’lom turmush tarzini targ’ib etish maqsadida doimiy sport tadbirlari o’tkazib kelinadi. Ularning navbatdagisi mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi oldidan MTMZ da tashkil etildi. Zavod ma’muriyati tomonidan o’tkazilgan Velosprot musobaqasida zavod hodimlari katta qiziqish bilan ishtirok etishdi. Bunda, erkaklar uchun 3 km, ayollar uchun esa 1,5 km masofa belgilandi.

Tanlovning dastlabki ishtirokchilari sifatida zavod direktori Sergey Larionov boshchiligidagi injener texnik hodimlar jamoasi qatnashdi.

Erkaklar o’rtasidagi bahslar  natijalari:

1-o’rin - Latifskiy Ruslan Eduardovich, yetakchi muhandis-dasturlovchi

2-o’rin - Koptsov Anton Anatolyevich, Elektr uskunalari ta’miri bo’yicha chilangar-elektrik

3-o’rin - Pardaboyev Ibrohim Juraboyevich Quyish sexi quyuvchisi.

Ayollar o’rtasidagi bahslar natijalari:

1-o’rin – Lixoletova Yelena Olegovna, EHM katta operatori

2-o’rin – Protasyeva Vera Olegovna, podstansiyalarga xizmat ko’rsatish bo’yicha Energoxizmat elektromonteri

3-o’rin – Mavlyanova Nadejda Urazaliyevna, Mexanik yig’uv sexi kran mashinisti 

Musobaqa g’oliblari Kombinat kasaba uyushmasi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg’alar bilan, zavod ma’muriyati tomonidan esa pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech