A- A A+

Tadbirlar

Xondiza kon boshqarmasining 10 yilligi munosib nishonlandi

on .

Mamlakatimizning janubi bo’lgan Surxon vohasida joylashgan, kombinat tarkibidagi Xondiza kon boshqarmasi tashkil topganligining 10 yilligi katta tantanalar bilan nishonlandi.

To’kin dasturxon atrofida tashkil etilgan bayram tabiri avvalida OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov so’z olib, Xondiza kon boshqarmasi faoliyatini yo’lga qo’yilishi mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlarning amaldagi ifodasi ekanligini ta’kidlab, jannatmakon yurtimizda Mendeleyev davriy sistemasidagi barcha elementlar mavjudligini, mamlakatimizda hali ochilmagan konlar ko’pligini, Prezident tomonidan aynan geologiya sohasiga qaratilayotgan e’tibor bois yangi konlar ochilishini ma’lum qildi. Va Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasini samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimining o’rinbosari Fayzulla Mamanov ham ishtirok etib, Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasini qutladi.

Tadbirda kombinat boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning buyrug’iga ko’ra, 8 nafar ishchi-xodim III darajali “Konchilik shuhrati” ko’krak nishoni bilan, 9 nafar ishchi kombinat Faxriy Yorlig’i bilan, 10 nafar ishchi esa qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, konning tashkil topishida jonbozlik ko’rsatgan mas’ullar hamda o’sha davrlarda Xondiza kon boshqarmasida rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan bir guruh faxriylar ham e’tirof etilib, esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.

O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Xalq artisti Maxmud Nomozov, estrada xonandasi Mansurxon Nurmatov hamda yosh umidli xonanda Marhabo Ahmedovalarning dilrabo, sho’x-shodon taronalari barchaga bayramona kayfiyat bag’ishladi.

Sherzod Tilovberdiyev

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech