A- A A+

Xabardormisiz?

Biometrik pasportlar ID-kartaga almashtiriladi

on . Posted in Xabardormisiz

“O’zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (129-son, 06.03.2020 y.).

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab yangi tug’ilgan bolaga, O’zbekiston fuqarosiga, O’zbekiston hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo’lmagan shaxsga va xorijiy fuqaroga belgilangan namunadagi identifikatsiya ID-kartasi beriladi.

ID-karta shaxsni, fuqarolikni tasdiqlaydigan hujjat hisoblanib, O’zbekiston hududida foydalaniladi. ID-karta 10 yil muddatga beriladi.

Ta’kidlanishicha, ID-kartalar faqat O’zbekiston hududida amal qiladi. CHet elga chiqish uchun O’zbekiston fuqarosining chet elga chiqish uchun biometrik (“zagranpasport”) pasporti beriladi.
ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 % tashkil etadi (198 ming 470 so’m).

O’zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti, fuqaroligi bo’lmagan shaxs va xorijiy fuqaroning yashash guvohnomasi ularning amal qilish muddati tamom bo’lgunga qadar haqiqiydir. Ushbu hujjatlarning egalari ularni belgilangan tartibda ID-kartaga almashtirish huquqiga ega.

Biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish:

  • 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida;
  • 2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.

O’zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Xabarda keltirilishicha, ID-kartalarni berish tizimiga o’tish rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda va fuqarolarni raqamli identifikatsiya qilish tizimini joriy etishni jadallashtiradi.

Shuningdek, fuqarolarning birlamchi ma’lumotlarini O’zbekiston vazirlik va idoralarining axborot tizimlariga integratsiyalash jarayonini avtomatlashtiradi, aholiga davlat xizmatlarini ko’rsatish jarayonini osonlashtiradi va optimallashtiradi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech