A- A A+

Xabardormisiz?

Senat qarorlari muhokamasi

on . Posted in Xabardormisiz

Joriy yilning 7 may kuni Olmaliq shahar hokimligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarorlari muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi raisi Qutbiddin Burxonov,  Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasining raisi Malika Qodirxanova, Olmaliq shahar hokimi Qobil Hamdamov va uning o’rinbosarlari, deputatlar, sektor rahbarlari, moliya bo’limi, DSI boshliqlari, “Xalqparvar” komissiyasi a’zolari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Yig’ilishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qoshida tashkil etilgan “Xalqparvar” komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish, byudjet mablag’larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirish tadbirlariga yo’naltirish ustidan nazoratni tashkil etish kabi masalalar ko’rib chiqildi.

Shuningdek, mintaqaviy yo’llarni rivojlantirish uchun yoqilg’i birligidan undiriladigan maxsus yig’imni belgilash, uni to’lash va hisobini yuritish tartibi to’g’risidagi masala ham yig’ilish kun tartibidan o’rin oldi.

O’zbekiston Respblikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori asosida endilikda fuqarolar ham Davlat byudjetining shakllanishi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga faol jalb etiladi hamda joylardagi dolzarb muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini kengaytiriladi, - deydi M.Qodirxonova. - 2021 yil may oyidan boshlab tajriba maqsadida Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida, 2022 yil 1 yanvardan e’tiboran respublikaning barcha tuman (shahar)larida tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirish bo’yicha yangi tartibni bosqichma-bosqich joriy etiladi.

2021 yil 1 iyuldan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qo’shimcha mablag’larining eng kam miqdorini 10 foizdan 30 foizga oshirish haqidagi takliflari ma’qullandi.

Xabaringiz bor, Xalq deputatlari mahalliy kengashlari qoshida “Xalqparvar” komissiyasi faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, ayni kunlarda komissiya faoliyati shakllantirilmoqda.

Ushbu komissiyaning asosiy maqsadi mahalliy hokimliklar hamda ma’sul davlat idoralarining uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ajratish, qurilish ishlarini o’z vaqtida va sifatli amalga oshirish, subsidiya to’lanadigan fuqarolarni tanlab olish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo’lgan fuqarolar ro’yxatini shakllantirish borasidagi ishlar ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o’rnatishdan iborat bo’ladi. Yig’ilishda komissiyaning aniq vazifa va maqsadlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Yig’ilish kun tartibidagi uchinchi masala bo’yicha to’xtalgan Q.Burxonov, 2020 yilda mamlakatimizda yo’llarning qurilish va ta’miri bo’yicha hisobot berib, mintaqaviy yo’llarni rivojlantirish uchun yoqilg’i birligidan undiriladigan maxsus yig’imni belgilash, uni to’lash va hisobini yuritishda mahalliy kengash deputatlarining aniq vazifalari haqida aytib o’tdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech