A- A A+

Xotira va qadr

Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi

on .

Har bir bayram arafasida kombinat rahbariyati va OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan Ikkinchi jahon urushi, mehnat fronti faxriylari, yolg’iz pensionerlar, kombinat mehnat qilib nafaqaga chiqqan Afg’on urushi ishtirokchilari, Chernobil AESi halokatini bartaraf etishda qatnashganlarga g’amxo’rlik ko’rsatib kelinadi.

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bu yil ham ushbu ezgu an’ana davom ettirildi.

Jumladan, 6 nafar Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 5 mln so’mdan pul mukofoti va oziq-ovqat jamlanmalari tuhfa etildi.

Shuningdek, 54 nafar mehnat fronti qatnashchilariga 3,5 mln so’mdan pul mablag’lari va oziq-ovqat jamlanmalari topshirildi.

Bundan tashqari, kombinatdan nafaqaga chiqqan 48 nafar Afg’on urushi ishtirokchilariga hamda 8 nafar Chernobil AESi halokatini bartaraf etishda qatnashganlarga oziq-ovqat jamlanmalari sovg’a qilindi.

Pul mukofotlari va oziq-ovqat jamlanmalarini tarqatish jarayonida “Metallurg” MS badiiy dastalari tomonidan urush davri kuy-qo’shiqlari ijro etildi.

- Har yili biz faxriylarga mana shunday g’amxo’rlik va e’tibor ko’rsatib kelinadi,- deydi ikkinchi jahon urushi faxriylariga tenglashtirilgan Marina Bryuxovetskaya. - Albatta, bu e’tibor biz faxriylarning ko’nglini shod etadi. Tinch, osuda davlatda yashayotganimzga shukronalar keltiramiz. Urushning nomi o’chsin. Kelajak avlod biz ko’rgan kunlarni ko’rmasin. Dillarimizga quvonch ulashayotgan Prezidentimizga, kombinat rahbariyatiga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Sizlarga rahmat, azizlarim.

Feruza Bazarova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ijtimoiy himoya bo’yicha mutaxassis

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech