A- A A+

Xotira va qadr

Mehnat faxriylari e’zozda

on .

OKMK bo’linmalarida faoliyat olib kelayotgan har bir hodimning mehnati doimiy e’tiborda. Ularning faoliyati mahsuli nafaqat kombinat balki mamlakatning ham iqtisodiy rivojiga hissa bo’lib qo’shiladi.

Mehnat faxriylarini e’zozlash, rag’batlantirish an’anaga aylangan. 

Xususan, Kombinat tarkibidagi Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasida yadro-geofizika laboratoriyasi, ta’mirlash va sozlash guruhi boshlig’i sifatida uzoq yillar mehnat qilgan Kolosov Aleksandr Nikolaevich nafaqaga kuzatildi.

29 yillik mehnati davomida ko’plab shogirdlar orttirib, ularga o’z kasbining sir asrorlarini doimiy o’rgatib kelgan. Mas’uliyatli rahbar, o’z-o’ziga talabchan energetik muhandis sifatida faoliyat olib borgan. A.N.Kolosov hamkasblarining izzat-hurmatiga sazovor bo’lgan. Mehnat faxriylarini ana shunday e’zozlash, ish-faoliyatini o’rnak qilib ko’rsatish har bir jarayonda ahamiyatga ega.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech