A- A A+

Yangiliklar

Aniq vazifalar belgilandi

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati markaziy apparatida hafta yakunlariga doir navbatdagi yig’ilish bo’lib o’tdi.  Yig’ilishda bosh muhandis va uning o’rinbosarlari, direktorlar, kon va korxona rahbarlari, bosh mutaxassislar ishtirok etdi. Yig’ilishni bosh direktor Aleksandr Farmanov olib bordi.

Aleksandr Farmanov yig’ilish avvalida 2017 yilning yanvar oyi ishlab chiqarish yakunlariga to’xtaldi.

Tovar mahsulotlari ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 101,3%, qiyosiy narxlarda 101,3%, Qalmoqqir KB: ruda qazib olish rejasi 100,0%, ustki qatlam 100,2%, katod misi 101,7% (shundan o’zimizning xom-ashyo 100,0%), metalli rux - jami 172,9%(shundan o’zimizning xom-ashyo - 100,0%), sulfat kislotasi 124,4% (shundan MEZ 120,0%, Rux zavodi 152,9%) ga bajarildi.

“Xonjiza” KB: polimetall rudani qazib olish 100,0%, polimetall rudani qayta ishlash 100,0%, rux kontsentratida rux 107,5%; Angren KB: oltin tarkibli rudani qazib olish 104,5%, rudani qayta ishlash 103,9%, Chodak KB: oltin  tarkibli rudani qazib olish 110,4%, uni qayta ishlash 104,2%, Kovuldi koni oltin tarkibli rudani qazib olish 109,5%, uni qayta ishlash 100,2%, mis kuporosi 100,0%, emallangan sim 100,0%, portlandtsement - jami 102,7%, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 100,0%, aholiga pullik xizmat 109,4%, Angren quvur zavodi UK tomonidan mis quvurlari ishlab chiqarish 192,0%ga amalga oshirildi.

Bosh direktor A.Farmanov kombinat mehnatkashlari yanvar oyi ishlab chiqarish rejasini yaxshi ko’rsatkichlar bilan yakunlaganini ta’kidlab, aksari kon va boyitish fabrikalarida, shuningdek, transport korxonalari tomonidan rejalar ijrosida sustkashlikka yo’l qo’yilayotgani, bu kabi kamchiliklarni zudlikda bartaraf etish, belgilangan topshiriqlarni og’ishmay bajarish, shu jumladan, Jizzax sement zavodiga zarur bo’ladigan barcha uskuna va jihozlar uchun buyurtmalarni kechiktirmay hal qilish borasidagi aniq vazifalarni tegishli mutasaddilar zimmasiga yukladi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari bois, qurilish materiallariga, xususan, sementga bo’lgan talabning endilikda yanada ortishiga to’xtalar ekan, kombinat rahbari, bu borada olib borilayotgan ishlar ko’lamini kengaytirish lozimligini ta’kidlab o’tdi.

MM va XT bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari S.Cheremenskiy hafta yakunlariga to’xtalar ekan, havoning keskin sovishi, muzlamalarni eritish choralarini ko’rish, bu kabi holatlarning mehnatkashlar salomatligiga xavf solishiga yo’l qo’ymaslik haqida gapirib o’tdi.

Shundan so’ng kon ishlari va ishlab chiqarish bo’yicha bosh muhandis o’rinbosarlarining hafta yakunlariga doir hisobotlari tinglandi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech