A- A A+

Yangiliklar

Issiliq elektr markazida yangi stansiya ish boshladi

on .

“Olmaliq KMK” AJning elektr ta’minoti tizimida uzluksiz faoliyat yuritib kelayotgan Issiqlik elektr markazi kombinatning issiqlik energiya manbaalariga bo’lgan talabini bug’ ko’rinishida yetkazish bilan birga shahar aholisi hamda ijtimoiy ob’ektlarni issiqlik va issiq suv bilan ta’minlab, elektr energiyasini ishlab chiqaradi. 

Qozon-turbina sexi, elektr va kimyo sexlari, issiqlik ta’minoti va yer osti kommunikatsiyasi sexlari,  bino va inshootlarni saqlash, joriy ta’mirlash uchastkalarini o’zida birlashtirgan korxona tarkibida endilikda xlorlashtirish stansiyasi faoliyat olib bormoqda.

Shu kunga qadar Sanoat hududida joylashgan Kombinat korxonalari Olmaliq shahar suv ta’minoti korxonasi tomonidan ichimlik suvi bilan ta’minlab kelingan bo’lsa, endilikda bu vazifalar Issiqlik elektr markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Sanoat suv ta’minoti sexidan olinayotgan suv Xlorlashtirish stansiyasida ishga tushirilgan suvni qayta ishlash qurilmalari orqali qayta ishlanib, Kombinat korxona va bo’linmalarini ichimlik suvi bilan to’liq ta’minlaydi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech