A- A A+

Yangiliklar

STTBning Yarim yillik natijalari salmoqli

on .

Konlardan qazib olingan rudalarni boyitish fabrikalariga yetkazishda asosiy kuch bo’lgan “Olmaliq KMK” AJ tarkibidagi Sanoat temir yo’l transporti boshqarmasi 2021 yil uchun yarim yillik ishlab chiqarish rejalarini bajardi.

O’tgan davr mobaynida temir yo’l transporti orqali 14 109 726 kubometr tog’ massasi tashilib, reja ko’rsatkichi 105 foizga bajarildi.

Ustki qatlam massalarini yetkazish 6 760 061 kubometrni tashkil etib, reja 105,7% ga,  “Yoshlik I” konidan esa  476 067 kub. m.  tashilib, reja 103,6% ga uddalangan. 

Ichki qatlam rudalari boyitish fabrikalariga o’tgan 6 oy davomida 20 999 104 tonna tashilib, reja 104% ga, shuningdek, “Sariqcho’qqi” konidan 2 595 909 tonna tashilib, ko’rsatkich 101,6% ni qayd etdi.

Bundan tashqari, 6 oy davomida tayyor mahsulotlar 1 849 473 tonna-kilometr tashilib, reja ko’rsatkichi 103 foizni ko’rsatgan bo’lsa, boshqa xildagi yuklarni tashish 24 221 000 tkmni tashkil etib, reja  100,6% ga bajarildi.

Shu tariqa birinchi yarim yillik natijalariga ko’ra, o’tgan davr mobaynida temir yo’l transporti bo’yicha yuk tashish umumiy hisobda 553 923 006 tkm ni tashkil etib, reja 103 foizga bajarildi. 

Sirodjiddin Manazarov,

STTB bosh muhandisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech