A- A A+

Yangiliklar

“Delfin” yopiq suv havzasi ochildi

on .

Angren shahrida “Delfin” yopiq suv havzasi qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur majmua 1981 yilda qurilgan va hozirgi kunda Angren shahar bolalar-o’smirlar sport maktabiga qarashli. Suv havzasi ko’p yillar qarovsiz holda bo’lgan. Tashabbuskorlarning sa’y-harakatlari natijasida yopiq suv havzasi to’liq kapital ta’mirlandi.

Bu yerda 7 ta suzish, umumiy tarzda 19 ta sport turlari bo’yicha mingdan ziyod aholi va sportchilar shug’ullanishi mumkin. Majmua atrofida yengil va og’ir atletika, tennis korti va boshqa sport komplekslari ham bunyod etilgan.

Bino esa zamon talablari asosida ta’mirlangan bo’lib eng so’nggi sport jihozlari o’rnatilgan. Suv havzasida professional sport musobaqalari o’tkazish mumkin. Uning atrofida esa tomoshabinlar uchun 260 o’rinli joylar qilingan.

Endilikda  angrenliklar, yoshlar bu yerda suzish bo’yicha turli mashg’ulotlar bilan shug’ullanish istgini bildirmoqda.

Suv havzasining ochilish marosimida Toshkent  viloyati  hokimi Davron Hidoyatov, OKMK Bosh direktori Abdulla  Xursanov, viloyat hokimligi mas’ullari va sport boshqarmasi ishtirok etdilar.

Ochilish marosimi doirasida 20 iyul - Butunjahon shaxmat kuni  munosabati shaxmat bo’yicha musobaqa tashkil etildi.

G’oliblar viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir ishtirokchilari "Delfin" yopiq suv havzasi va undagi barcha sharoitlar bilan tanishdilar.

"Delfin" yopiq suv havzasida velosiped va rolik uchishga ishtiyoqmand yoshlar uchun ham qulay sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari basketbol maydoni va bolalar uchun maydoncha mavjud.

"Delfin" yopiq suv havzasida nafaqat suv sporti, balki boshqa ommaviy sport turlari bilan shug’ullanish imkoniyati ham mavjud.

Eslatib o’tamiz, mazkur sport majmuasi OKMK tomonidan rekonstruksiya qilingan.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech