Yangiliklar

Ilg’or mashinist

on .

Chodak Kon boshqarmasi Pirmirob koni jamoasi tomonidan birgina may oyining o’zida 7501 tonnadan ziyod ruda qazib olinib, ishlab chiqarish ko’rsatkichi 102,9% ga ortig’i bilan uddalandi. Tog’-kon o’tish, ekspluatatsion razvedka, tozalash va kesim ishlari borasida ham yuqori sur’atlar qayd etildi.

Modernizatsiya ishlari natijasida Pirmirob konida zamonaviy texnika uskunalari o’rnatilib, mehnat samaradorligiga erishilmoqda. Bundan tashqari qazilmalarni olib chiqish maqsadida yangi to’kilmalar maydonlari qayta tiklanib borilayotgani ham ishlab chiqarish ko’rsatkichlarida o’z aksini topmoqda. Elektrovoz mashinisti Qurbonali Norbekov 1984 yildan beri konchilik sohasida mehnat qilib keladi. U o’ziga biriktirilgan elektrovoz va uning tirkama aravalari yordamida qazilmalarni yer osti konidan olib chiqish va rudalarni to’plash maydoniga to’kish ishlarini bajarib keladi. Kontakt liniyali, temir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari, kon ichki yo’llarida xavfsiz harakatlanish, tirkama aravalarni yuklash, yukdan bo’shatish, elektrovoz mashina va tirkama qismlariga ko’rsatilayotgan yuqori ekspluatatsion xizmat evaziga yer osti kon texnikasidan samaradorlikda foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech