A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Munavvar - Konstitutsiya bilimdoni

on .

Bosh qomusimizning 28 yilligi munosabati bilan OKMK Yoshlar ittifoqi tashabbusiga ko’ra kombinat korxonalarida mehnat qilayotgan yoshlar o’rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar konstitutsiya bo’yicha savol-javob, keys – muammoli vaziyatdan konstitutsiya va normativ hujjatlar asosida chiqib ketish, yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan hamda huquqiy savodxonlikni aks ettiruvchi videorolik tayyorlash kabi shartlar bo’yicha bellashdilar.

Tanlov yakuniga ko’ra, huquqiy sohada o’z bilimdonligini namoyon etgan Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasi ishchisi Munavvar Mansurova g’olib deya e’tirof etildi.

Ikkinchi o’rin esa Issiqlik elektr markazi vakili Doniyor G’aniyevga nasib etdi. Faxrli uchinchi o’rinni esa Avtomobil transporti boshqarmasi vakili Bekzod Abdumalikov egalladi.

Tanlov g’oliblari kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan  pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Inomjon Matmusayev,

IHQX yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech