A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

“O’zbegim qizlari”

on .

OKMK Sanoat temir yo’l transporti boshqarmasi tarkibiy bo’linmalarida mehnat qilayotgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan qizlar o’rtasida "O’zbegim qizlari" ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar tanishtiruv, pazandalik va erkin mavzu kabi shartlari bo’yicha bellashdilar.

Tanlov yakunlariga ko’ra, 4- temiryo’l tsexi konveyr mashinisti - Xolida Suyarova "Eng jozibali" nominatsiyasiga, ko’tarma transport uskunalari xizmati kran mashinisti Oydin Omonkeldiyeva -  "Eng mahoratli" nominatsiyasiga loyiq ko’rildi.

Vagonlarni ta’mirlash xizmati sharafini himoya qilgan Dilorom Turdaliyeva esa "Eng iqtidorli",  ma’muriy xo’jalik xizmati ishchisi Dilnoza Jo’raboyevalar "Eng maftunkor" nominatsiyalariga sazovor bo’lishdi.

Markazlashtirilgan blokirovkalash va aloqa xizmati vakilasi  Sarvinoz Turg’unboyeva tanlovning mutlaq g’olibasi deya e’tirof etildi.

G’olib va sovrindorlarga STTB Kasaba uyushmasi qo’mitasi va yoshlar ittifoqi tomonidan diplom  hamda estalik sovg’alari topshirildi.

Obid Sarkayev,

STTB Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi o’rinbosari.

Zafariddin Isliddinov,

STTB Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech