A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Kombinat “Yosh ijodkorlar klubi” ish boshladi

on .

Kuni kecha “Metallurg” MSda kombinat yosh ijodkorlari klubining birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Ushbu klubga kombinatda mehnat qilayotgan, she’riy va nasriy yo’nalishda ijod qilayotgan faol hamda iqtidorli yoshlar jamul-jam bo’lmoqda.

Ijodkor yoshlar klubining ilk tanishuv uchrashuvida texnika fanlari doktori, professor va shoir Abdurashid Hasanov, o’quv markazi boshlig’i Hasan Usmonov va jurnalist Oysara Dadayevalar ishtirok etdi. Ustoz ijodkorlar yoshlarga she’riy va nasriy yo’nalishda mashq qilish, ijod mashaqqatlari borasida o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Yig’ilishda klubning kelgusida amalga oshiradigan bir qator loyihalari o’rtaga tashlandi va muhokama qilindi. Ushbu loyihalar bir ovozdan ma’qullandi. Kelgusida amalga oshiriladigan barcha maqsad va vazifalar belgilab olindi.

Yig’ilishda OKMK boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi Behzod Salimov ishtirok etdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech