A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi jamoasi - 2020 yilning eng yaxshi bilimdonlari!

on .

Bir oy davom etib, 60 dan ziyod jamoalar ishtirok etgan «Zakovat» intellektual o’yinining final bosqichi  o’z yakuniga yetdi.

Intellektual o’yinning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan 6 ta jamoa finalda o’z bilimdonliklarini namoyish etishdi.

Qiziqarli va mantiqiy savollarga boy bo’lgan bilimdonlar bellashuvida Mis eritish zavodi jamoasi faxrli 3-o’rinni o’rinni egalladi.

Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi jamoasi 2-o’ringa loyiq ko’rildi.

Aqliy salohiyatlari yuksakligini namoyin etgan Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi jamoasi esa 2020 yilning eng yaxshi bilimdon jamoasi, deya e’tirof etildi.

Tanlovda OKMK boshqaruv raisining ijtimoiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Ulug’bek Fayazov ham o’z savollari bilan  yoshlarning bilimlarini sinab, to’g’ri javob berganlarni o’zining sovg’alari bilan rag’batlantirdi.

Bobur Sobirjonov, Mis boyitish fabrikasi Yoshlar Ittifoqi raisi,

Murodjon Karimov, Mis eritish zavodi Yoshlar Ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech