Murojaatnoma mazmun-mohiyati yoshlarga tushuntirildi
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga yo’llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini kombinat tarkibiy bo’linmalari yoshlariga yetkazish maqsaida OKMK Yoshlar ittifoqi tomonidan muntazam uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan biri Mis ertishi zavodi va Rux zavodi yoshlari uchun tashkillashtirildi. O’tkazilgan davra suhbatlarida “Yoshlar forumi” va Murojaatnomada mamlakatimiz yoshlari uchun ko’plab imtiyoz va imkoniyatlar yaratilishi belgilab berilganligi ta’kidlandi. Jumladan, ta’lim sohasida 2021 yilda 10ta Prezident maktabi, 197ta ma’lum fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyat boshlashi, olimy ta’limning qamrovini oshirishga e’tibor qaratilishi, oliy ta’limda davlat grantlarining oshirilishi, OTMlarga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun ham grantlar oshirilishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning a’lo baholarga o’qiyotgan qizlari uchun maxsus stipendiyalarning joriy etilishi, yoshlarni tadbirkorlik ko’nikmalariga, kasb-hunarga o’qitish, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi yoshlarga imtiyozlar shartlar mikrokreditlar ajratilishi kabi ma’lumotlar yoshlarga yetkazildi.
Bu kabi uchrashuvlar kombinating barcha tarkibiy bo’linmalari yoshlari o’rtasida o’tkaziladi.
OKMK Yoshlar ittifoqi Kengashi