Yoshlarga oid yangiliklar

Do’stlik musobaqasi

on .

Bugun OKMK Rux zavodi va Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi Yoshlar ittifoqi hamkorligida har ikki korxona ishchi xodimlari o’rtasida shaxmat bo’yicha do’stlik musobaqasi o’tkazildi.

Yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etuvchi mazkur musobaqada faxrli 3-o’rinni ICHAB xodimi Samandar Abdiqulov qo’lga kiritdi. Ikkinchi o’rin esa ICHAB xodimi Sohibjon Andaqulovga nasib etdi. Barchadan kuchli dona surgan Rux zavodi muhandis  xodimi Azamat Ibotov musobaqa g’olibiga aylandi.

G’oliblar Yoshlar ittifoqi tomonidan rag’batlantirildi.

Aznaur Abdurashidov,

Rux zavodi direktorining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech