Yoshlarga oid yangiliklar

Shunqorlar

on .

2021 yil 16 yanvar kuni kombinat Yoshlar ittifoqi tomonidan OKMK sport majmuasida  “Shunqorlar” sport musobaqasi tashkil etildi.

Sport musobaqasida kombinat korxonalari jamoalari ishtirok etishdi. Har bir jamoada 4 nafar  a’zo bo’lib, ishtirokchilar kuch bilan tortilish, uzunlikka sakrash, 100 metrga  yuguruish estafetasi kabi shartlar bo’yicha g’olib aniqlandi.

Qiziqarli va shiddatli bahslar boy bo’lgan musobaqada umumjamoa hisobida Sanoat temiryo’l transport boshqarmasi jamoasi mutlaq g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Ikkinchi o’rin esa Qalmoqqir kon boshqarmasi jamoasiga nasib etdi.

Faxrli uchinchi o’ringa esa Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi jamoasi loyiq ko’rildi.

Musobaqa g’oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Abror Kamilov,

OKMK Yoshlar ittifoqi raisi o’rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech