A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

“Bilimdonlar maydoni”ning 2-saralash bosqichi

on .

Prezidentimizning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5ta muhim tashabbusi”ni kombinat va Olmaliq shahri yoshlari o’rtasida targ’ib etish maqsadida kombinat boshqaruvi raisi A.Xursanovning buyrug’i asosida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga binoan kombinat va shahar yoshlari o’rtasida “Bilimdonlar maydoni” intellektual o’yini tashkil etildi.

OKMK STTB madaniyat saroyida 6 aprel kuni tashkil etilgan saralash 2-bosqichida shahar korxona-tashkilotlari va ta’lim muassasalaridan 14ta jamoa final yo’llanmasi uchun bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.

Qiziqarli savollarga boy bo’lgan intellektual o’yinda “I know academy” o’quv markazi, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining  “Parvoz”  va “Grand 9-17”jamoalari final bosqichiga yo’llanma olishdi.

Eslatib o’tamiz, intellektual o’yinning final bosqichi 15 aprel kuni bo’lib o’tadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech