A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Temurbek izdoshlari

on .

9 aprel kuni “Olmaliq KMK” AJ sport majmuasida Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan IHQX yoshlari o'rtasida "Temurbek izdoshlari" shiori ostida sport musobaqasi tashkillashtirildi.

Musobaqa IHQX guruhlarining 8 jamoasi ishtirok etishdi. Ishtirokchilar jamoaviy tarzda estafetali yugurish, granata uloqtirish va turnikka kuch bilan tortilish mashqlari orqali o’zaro bahslashishdilar.

Bellashuvlar natijalariga ko’ra birinchi o’rinni xizmatning 3-komandasi 3-guruh jamoasi, ikkinchi o’rinni 1-komandasi 2-guruhi jamoasi va uchinchi o’rinni 4-komandasi 3-guruh jamoasi egalladi.

Musobaqa yakunida g'oliblar kasaba uyushmasi va yoshlar ittifoqining esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Inomjon Matmusayev,

IHQX boshlig’ining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech