A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Shahzod eng yaxshi tokar

on .

OKMK Markaziy ta’mirlash-mexanik zavodining mexanik yig’uv sexida “Eng yaxshi tokar” kasb mahorat tanlovining yakuniy bosqichi tashkil etildi.

Tanlovning birinchi bosqichida test natijalariga ko’ra, final bosqichiga yo’l olgan yosh tokarlar o’z kasblaridan kelib chiqqan holda detallarga ishlov berishni amalda ko’rsatib berishdi.

Shuningdek, kombinat Bosh mexanigi o’rinbosari O. Nuriddinovning tayyorlab kelgan savollariga hamda Kasaba uyushmasi kengashining bosh psixologi V. Davletovaning psixologik savollariga yozma javob berishdi.

Final bosqichida ishtirok etgan 10 nafar yosh tokarlar orasidan 3-o’rinni MTMZ Quyish sexining ishchisi Sharifjon Meliboev qo’lga kiritgan bo’lsa, faxrli 2-o’rinni MTMZning Avtomobillar va maxsus texnikalarni ta’mirlash sexi ishchisi Sardor Abdumajidov qo’lga kiritdi. OKMKning 2021 yildagi eng yaxshi tokari deya MTMZ Mexanik yig’uv sexi ishchisi Shahzod Dehqonov e’tirof etildi.

E’tiborlisi tanlovda sovrindor bo’lganlarning barchasi MTMZ ishchilari.

Tanlov g’olib va sovrindorlariga “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi kengashining diplom va kasaba uyushmasi tomonidan pul mukofotlari topshirildi.

Azamat Abdiyev,

MTMZ Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech