A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Chodakning eng yaxshi konchisi aniqlandi

on .

OKMK Chodak kon boshqarmasi Yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan hamkorlikda "Eng yaxshi konchi" kasb mahorat tanlovi o’tkazildi.

Tanlovda 30 yoshgacha bo’lgan 10 nafar muhandis texnik xodimlar bellashishdi. Tanlovda ishtirokchilar o’z kasblariga oid 5ta savolga belgilangan vaqt mobaynida yozma ravishda javob berishlari talab etildi.

Tanlov natijalariga ko’ra faxrli uchinchi o’rinni Guzaksoy koni tog’ ustasi Akramjon Jamoldinov egalladi. 

Ikkinchi o’ringa esa Pirmirob koni tog’ ustasi Alisher Rahmonjonov loyiq ko’rildi.

Tanlov g’olibi deya Pirmirob koni tog’ ustasi Suhrob Ergashev e’tirof etildi.

G’oliblarga yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Abduvali Boboyev,

Chodak kon boshqarmasi yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech