Yoshlarga oid yangiliklar

Mis boyitish fabrikasi jamoasi g’olib

on .

... Bir necha yillar avval Gollandiyada maxsus kema qurilgandi. Bu kema qumni so’rish va uni shlang orqali to’kuvchi qurimalar bilan jihozlangan edi. Diqqat savol: Bu maxsus kemalar qaysi davlat buyurtmasiga asosan qurilgan?

“Bilimdonlar maydoni” intellektual o’yinining final bosqichi ushbu savol bilan boshlandi.

Final bahsida Mis boyitish fabrikasi va Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi, Ijro apparati, “I know academy” o’quv markazi, Toshkent davlat texnika universitetining “Parvoz” va “Grand 9-17” jamoalari g’oliblik uchun bahs olib borishdi.

Prezidentimizning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5ta muhim tashabbusi”ni kombinat va Olmaliq shahri yoshlari o’rtasida targ’ib etish maqsadida kombinat boshqaruvi raisi A.Xursanovning buyrug’i asosida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga binoan kombinat va shahar yoshlari o’rtasida o’tkazilgan “Bilimdonlar maydoni” intellektual o’yinining final bahsi MBF va IChAB jamoalari jamlagan ochkolar teng bo’lib qoldi.

Har ikki jamoa uchun tashkil etilgan qo’shimcha o’yinda mis boyituvchilar mutlaq g’oliblikni qo’lga kiritishdi.

IChAB jamoasi esa faxrli ikkinchi o’rinni egalladi.

“I know academy” o’quv markazi jamoasiga uchinchi o’rin nasib etdi.

G’oliblar pul mukofoti va diplomlar taqdirlandi.

Darvoqe final bahsida berilgan birinchi savolning javobi Birlashgan Arab Amirliklari edi. Amirliklardagi mashhur palma orollarini qurish uchun maxsus kemalar zarur bo’lgan. Inntelktual o’yinda berilgan savollarni kuzata turib, har bir savolga javob izlash uchun ko’p kitob mutolaa qilish lozimligini anglaymiz. Kitob o’qing azizlar. Kitob o’qish bilan dunyoqarashingizni boyitasiz. Har qanday savol ham sizga qiyinchilik tug’dirmaydi.

Abror Kamilov,

OKMK yoshlar ittifoqi raisi o’rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech