Yoshlarga oid yangiliklar

QVZ loyihasining ikkinchi o’yini

on .

2021 yil 16 aprel kuni “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi yangi mavsumining ikkinchi o’yini bo’lib o’tdi.

Unda OKMK Avtomobil transporti boshqarmasi+Texnologik transport boshqarmasining “Bolalar”, Mis boyitish fabrikasining “Yulduzlar fabrikasi”, Sanoat temiryo’l transport boshqarmasining “Grifstyle, 2-Mis boyitish fabrikasining “Finestyle” jamoalari g’oliblik uchun bahs olib borishdi.

O’yinda ishtirokchilar tashrif, rasmli savolga javob berish va musiqali chiqish kabi shartlar bo’yicha bellashib, jamiyatdagi muammolarni o’tkir yumor bilan ko’rsatishga harakat qilishdi.

Prezidentimizning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5ta muhim tashabbusi”ni kombinat va Olmaliq shahri yoshlari o’rtasida targ’ib etish maqsadida o’tkazilayotgan mazkur tanlovning ikkinchi o’yin yakuniga ko’ra, “Yulduzlar fabrikasi” va “Bolalar”jamoalari chorak finalga yo’l olishdi.

Jahongir Usmonqulov,

OKMK QVZ loyihasi rahbari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech