A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

MTMZda QVZ saralash turniri

on .

20 aprel kuni OKMK Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi sexlari va bo’limlari o’rtasida Quvnoqlar va zukkolar tanlovining saralash turniri o’tkazildi.

Unda Temirchilik payvandlash sexi, Mexanik yig’uv sexi, Avtotransportlarni va maxsus texnikalarni ta’mirlash sexi hamda Quyish sexi jamoalari bellashishdi.

Turnirda berilgan savollarga o’tkir yumor orqali javob berildi, turli xil mavzular improvizatsiya qilindi.

Saralash turniri yakuniga ko’ra, kuchli uchlikdan Avtotransportlarni va maxsus texnikalarni ta’mirlash sexi, Quyish sexi va Temirchilik payvandlash sexi jamoalari joy olishdi.

G’oliblar kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Eslatib o’tamiz, saralash turnirida g’olib bo’lgan jamoa kombinat korxonalari o’rtasidagi QVZ bahslarida ishtirok etadi.

Ravshan Xamrayev,

MTMZ kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech