Yoshlarga oid yangiliklar

Alisher – kombinatning eng yaxshi konchisi

on .

Joriy yilning 29 aprel kuni O’quv markazida OKMK yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlar o’rtasida “Eng yaxshi konchi” kasb mahorat tanlovi tashkil etildi.

Tanlov ikki bosqichda o’tkazilib, birinchi bosqichda ishtirokchilar kasblariga oid savollarga test topshirishdi.

Ikkinchi bosqichda esa hakamlar ha’yati tomonidan tayyorlangan  savollarga yozma javob berishdi.

Tanlov yakunlariga ko’ra, Angren kon boshqarmasi Razedochnaya koni vakili Shahzod Razaqov faxrli uchinchi o’rinni oldi.

Yana bir angrenlik konchilarning vakili, Qayrag’och koni ishchisi  Bobur Xolnazarov esa ikkinchi o’ringa loyiq ko’rildi.

Barcha shartlarni a’lo darajada bajargan Chodak kon boshqarmasining Pirmirob koni ishchisi Alisher Rahmonjonov, “Eng yaxshi konchi” deya e’tirof etildi.

Tanlov g’oliblari diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Abror Kamilov,

OKMK Yoshlar ittifoqi raisi v.b.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech