A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Oʻz joniga qasd qilish – eng ogʻir gunoh

on .

Yoshlar oyligi doirasida OKMK yoshlar ittifoqi tomonidan Ohak zavodida suitsid holatlariga yoʻl qoʻymaslik va bunday holatning oldini olishg masalasida davra suhbati tashkil etildi.

Alloh taolo odamzotni azizu mukarram qilib, yaratgan. Uning shaʻnini ulugʻlab yer yuzidagi barcha narsalarni uning manfaati uchun paydo qilgan. Insonning sha’niga, moliga, joniga nohaq tajovuz qilish xarom qilingan. Qur’oni karimda Alloh marhamat qilib, aytganki;                                                                

"Darhaqiqat (biz) odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-ulov va kemalarga) mindirib qoʻydik. Hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni oʻzimiz yaratgan koʻp jonzotlardan afzal qilib qoʻydik." (Isro surasi 70 oyat) .  

Dinimiz  ta’limotida, xususan, Qur’oni karim, hadisi shariflarning bir necha oʻrinlarida insonning oʻz joniga qasd qilishidan qat’iy qaytarilgan. Inson borki uning boshiga turli xil musibat va muammaolar tushishi tabiiy hol. Bu musibatlarni yengib oʻtish haqiqiy moʻmin-musulmon insonning ishidur. Biror sinov kelsa osmonu falakni boshiga koʻtarib ayyuhannos solib dod faryod qilish, oʻz joniga qasd qilishni barcha tashvishlardan qutilishning yagona yoʻli deb bilish imonning zaifligidir. Vaholanki, bu yechim emas, balki eng Buyuk azobu uqubatlarning boshlanishidur, -  deydi tadbirda ishtirok etgan  Olmaliq shahar bosh imom xatibi Husniddin Ortiqov.

Tadbirda ishtirokchilar oʻzlarin qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

 Islom Tuychiev,

Ohak zavodi yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech