A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Halollik, oilaviy tinchlik haqiqiy baxt kaliti

on .

"Olmaliq KMK" AJ Yoshlar Ittifoqi Kengashi va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbatida oilaviy ajrimlarning salbiy oqibatlari, oʻz joniga qasd qilish eng ogʻir gunoh ekanligi va hayotning eng oliy ne’mat ekanligi  haqida yigʻilish ishtirokchilariga tushuntirish berildi.

Markaziy ta’mirlash mexanika zavodining faollar zalida «Yoshlar oyligi» doirasida tashkil etilgan yig’ilishda  kasaba uyushmasi kengashi xotin-qizlar bo’yicha komissiya raisi, bosh psixolog Viloyat Davletova va Olmaliq shahrining "Ramazoni Sharif" jom’e masjidi imom noibi Abdurashid Mirzaahmedov  kombinat tarkibiy boʻlinmalarining yoshlariga shu mavzuda ma’ruza oʻqishdi.Yoshlar oʻzlariga oila qurishdan avval e’tibor beriladigan jihatlar, erkak va ayolning sha’riy munosabatlari va halol yashash har bir moʻmin musulmonning ezgu maqsadi ekanligini bilib olishdi. Jinoyatchilikka qarshi kurash maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar kelgusida ham davom ettirilishi  ta’kidlandi.

"Olmaliq KMK" Yoshlar ittifoqi kengashi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech