Yoshlarga oid yangiliklar

Yoshlar dona surishdi

on .

OKMK Yoshlar ittifoqi tomonidan “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida aql gimnastikasi bo’lgan shaxmat bo’yicha musobaqa tashkil etildi.

Yoshlar kuni hamda yoshlar oyligi doirasida tashkil etilgan musobaqada kombinat tarkibiy bo’linmalarida mehnat qilayotgan yoshlar g’oliblik uchun dona surishdi.

Qizg’in bahslarga boy bo’lgan musobaqada Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi sharafini himoya qilgan Umid Orzuqulov musobaqa g’olibi, deya e’tirof etildi.

Elektr tarmoqlari boshqarmasi vakili Munir Matazimovga bir oz omad yetishmadi. U ikkinchi o’ringa loyiq ko’rildi.

Mis eritish zavodi vakili Nishonbek Kenjaev esa uchinchi o’rin bilan kifoyalandi.

Musobaqa g’oliblari Yoshlar kunida rag’batlantiriladi.

Aznaur Abdurashidov,

Rux zavodi yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech