Mis eritish zavodi xotin-qizlari chempion
Kombinat boshqaruvi raisining “Olmaliq KMK” AJ hamda Olmaliq shahri yoshlari o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish, ularni jismoniy faollikka chorlash, yoshlarning ongini yot g’oyalardan asrashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish to’g’risida”gi buyrug’i asosidagi chora-tadbirlar rejasiga ko’ra, 2020 yil 24 noyabr kuni kombinat korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o’rtasida voleybol bo’yicha turnir tashkil etildi.