Maqsadim - innovatsiya yo’li bilan OKMK mis metallining sifatini yanada oshirish
Sanoat temir yo’l transporti boshqarmasida oddiy ishchi bo’lib ishlab kelayotgan, halol mehnati ila uch farzandini umr yo’ldoshi, uy bekasi Inobat bilan kamolga yetkazayotgan Bahrom Pirmanov to’ng’ichi Dostonning nufuzli xorij oliygohiga o’qishga kirib, talaba bo’lganida shu qadar shodlangan edi-ki, u o’g’lining albatta yuqori natijalarga erishishiga ishongan.