![]() |
SAYNAZAROV ABDUQAHHOR MATIBRAGIMOVICHTexnologiyalar bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari - Texnik bo'lim boshlig'i Telefon: (+998 70) 61 9-24-50 E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. Qabul kunlari: har pashanba soat 16:00 da |
Tarjimai holi:
1984 yilda Toshkent viloyatida tug’ilgan.
Ma'lumoti - oliy. 2008 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan, ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi - rangli va nodir metallar metallurgiyasi.
Mehnat faoliyati:
2002-2008 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti talabasi
2008-2009 yy. -“Olmaliq TMK” OAJ MEZ sulfat kislotasi sexi 1 razryadli, 3 razryadli xom ashyoni tayyorlash va yarim tayyor mahsulotlar va tovarlarni chiqarish apparatchisi
2009-2011 yy. - “Olmaliq TMK” OAJ MEZ metallurgiya sexi 1 toifali iqtisodchisi
2011-2012 yy. - “Olmaliq TMK” OAJ MEZ metallurgiya sexi ishlab chiqarish uchastkasi katta ustasi
2012-2014 yy. - “Olmaliq KMK” OAJ bosh metallurgi v.b.
2014-2020 yy. - “Olmaliq KMK” AJ bosh metallurgi
2020 y.-h/v - “Olmaliq KMK” AJ Texnologiyalar bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari - Texnik bo'lim boshlig'i
Vazifalari:
- Yangi texnika va ilgo’r texnologiyalarni, texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etilishi hamda yangi mahsulotlarni joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish rejalarining bajarilishini ta'minlash;
- Ishlab chiqarishni texnologik jihatdan qo’llab-quvvatlash va amaldagi texnologik jarayonlar bajarilishining texnologik intizomini tekshirish;
- Texnologik jarayonlarni doimiy ravishda takomillashtirib borish, energetik va moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish;
- Ishlab chiqarishga resurslarni tejovchi texnologiyalarni, xom ashyo va materiallar sarflanishi ilg’or me’yorlarini ishlab chiqish va tadbiq etish;
- Ishlab chiqishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.