![]() |
SALIMOV BEHZOD ASQARALI O'G'LI
Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi - “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar Ittifoqi raisi Telefon: +998 70 61 9-54-14 E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. |
Tarjimai holi
1991 yilda Toshkent viloyatida tug’ilgan.
Ma’lumoti – oliy. 2015 yilda Rossiyaning Federal davlat avtonom oliy ta`lim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «МИСиС»ni tugatgan, ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi - ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish (metallurgiya).
Mehnat faoliyati
2010-2015 yy. - Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «МИСиС» talabasi.
2015-2017 yy. – “Olmaliq KMK” AJ Mis boyitish fabrikasi Texnologik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish xizmatining texnik o'lchov-asboblari tizimi avtomatikasi yetakchi muhandis-sozlovchisi.
2017 y. - h/v - Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi - “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar Ittifoqi raisi
Vazifalari:
-
Yoshlar bilan ishlashda davlat siyosatini amalga oshirish: yoshlarda vatanparvarlik, o’z vataniga cheksiz muhabbat va faxrlanish xissini o’yg’otish, xalq manfaatlari yo’lida o’zining barcha bilim, kuch va salohiyatini baxshida qilish ruhida tarbiyalash;
-
Kombinat yosh xodimlarining kasbiy mahorati, malakasi, o’quv bilimlarini oshirishga e’tiborni qaratish va ko’maklashish hamda yoshlarda o’z kasbiga bo’lgan muhabbat hislarini oshirish;
-
Yoshlar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, yo’l-yo’riqlar berib borish, yoshlarning intelektual qirralari va iste’dodini namoyon etishlariga yordamlashish, shuningdek kombinat yosh mutaxassislarining ishlab-chiqarish texnik kengashi ishida faol qatnashish;
-
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda yoshlarning imkoniyatlarini oshirish;
-
Munosib kadrlar zahirasini tayyorlab borish.