A- A A+
     

ABDUKADIROV ABDUJALIL ABDUXALILOVICH

Boshqaruv raisining birinchi o’rinbosar'i - Bosh muhandis

Telefon: +998 78 141-93-40

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: har payshanba soat 16:00 da

Tarjimai holi

1972 yilda O’zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatida tug’ilgan.

Ma'lumoti - oliy. 1995 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan, ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi - rangli metallar metallurgiyasi. 2007 yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan, ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi – yurisprudensiya.

Mehnat faoliyati:

1989-1990 yy. - Olmaliq kimyo zavodi energiya tsexi badiiy-bezatish ishlarini bajaruvchi

1990-1995 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti talabasi

1995-1998 yy. - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mis eritish zavodi metallurgiya tsexining konverter bo’limida asosiy ishlab chiqarish uchastkasi ustasi, konverterchi  

1998-2007 yy. - bojxona organida xizmat (O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi)

2007-2007 yy. - “Olmaliq TMK” OAJ tashqi iqtisodiy aloqalar bo’limi yetakchi muhandisi, yetakchi mutaxassis

2007-2014 yy. - "Olmaliq KMK" OAJ Mis eritish zavodi bosh muhandisi

2014-2015 yy. - “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari

2015-2016 yy. - Surxondaryo viloyati hokimining sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha; sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyani rivojlantirish va kommunal xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari

2016-2017 yy. - Surxondaryo viloyati hokimining ma’muriy boshqaruv, huquq-tartibot idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish, o’z-o’zini boshqarish va yoshlar siyosati masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari

2017-2019 yy. - "Olmaliq KMK" AJ texnologiya bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari - Texnik bo’limi boshlig’i

2019-h/vv - "Olmaliq KMK" AJ bosh muhandisi - boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari v.b.

Vazifalari:

  • funksional vazifalariga asosan tasarrufidagi bo’linmalarning kombinat korxonalari bilan o’zaro aloqalarini muvofiqlashtirib va tashkillashtirib boradi;
  • bosh muhandis o'rinbosarlari, konchilik bo'limi, marksheyder bo'limi, geologiya bo'limi, texnik bo'lim, ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish bo'limi, bosh energetik xizmati, bosh mexanik xizmati, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo'limi, atrof-muhitni muhofaza qilish bo'limi, fan va innovatsiyalar bo'limi, transport va logistika bo'limi va standartlashtirish va sertifikatlashtirish xizmati, shuningdek Kombinatning tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga asosan boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari-bosh muhandisga bo’ysinuvchi tarkibiy korxonalar, bo'limlar/xizmatlar bo'yicha funksional vazifalarini bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; 
  • Kombinatni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirib boradi;
  • Kombinatda ishlab chiqarish ko’rsatkichlari bajarilishini ta’minlaydi;
  • hisob-fakturalar, bajarilgan ish(xizmat)larni qabul qilish va topshirish dalolatomalarini, Kombinat  boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari - bosh muhandisi tomonidan muvofiqlashtiriladigan tarmoq korxonalari faoliyati va  yuklatilgan funksional topshiriqlar bajarilishiga xizmat qiladigan, kombinat tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida rasmiylashtiriladigan modiy-tovar boyliklari, loyihalar, smeta, kalkulyatsiyalarni imzolaydi;
  • Kombinatning ishlab chiqarish-texnik faoliyatiga rahbarlik qiladi va quyidagi yo’nalishlardagi chiquvchi hujjatlarni(shartnomalar, bitimlar va boshqa majburiyatlardan tashqari) imzolaydi:
  • yangi texnika, texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, ilmiy-tatqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlari bilan ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish;
  • ishlab chiqarish bo’limlari asosiy va yordamichi hamda texnologik qurilmalarini ta’mirlash, modernizatsiyalash bo’yicha pudrat ishlarining bajarilishini ta’minlash;
  • elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa moddiy-texnika manbalari bilan ta’minlash va ulardan foydalanish;
  • metrologiya, attestatsiya, diagnostika, tekshirish va texnik xizmat ko’rsatish telekommunikatsiya, ekologik ekspertiza, ekologik, texnik va boshqa normativlar va texnik shartlarning loyihalarini ishlab chiqish;
  • boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari-bosh muhandisiga bo’ysinuvchi tarmoq korxonalari faoliyatlari bilan bog’liq boshqa harakatlarni.
  • Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari - bosh muhandis vaqtincha bo'lmagan davrda uning vakolatini mahalliylashtirish, sanoat va axborot texnologiyalari sohasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo'yicha boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari yoki kombinat boshqaruvi raisining buyrug'i bilan vaqtincha tayinlangan boshqa shaxs amalga oshiradi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech