A- A A+

     

TURGUNOV SHERZAD AZIMJANOVICH

Tijorat masalalari bo`yicha boshqaruv raisi o`rinbosari v.b.

Telefon: +998 70 61 9-51-08

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: har seshanba soat 16:00 da 

Tarjimai holi:

 1983 yili Toshkent viloyatida tug’ilgan.

Ma’lumoti – oliy. 2004 yilda Toshkent Davlat texnika universitetini bakalavriatini, 2006 yili magistraturani tamomlagan  ma'lumoti bo’yicha mutaxassisligi – tog’-kon muhandisi. 2010 yilda  O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tamomlagan  ma'lumoti bo’yicha mutaxassisligi – loyihaviy moliyalashtirish.

Mehnat faoliyati:

2000-2006 yy. - Toshkent Davlat texnika universitetini talabasi (bakalavr va magistr)

2006-2010 yy. - "O'zmetkombinat" AJ muhandislik markazining metalllangan mahsulotini ishlab chiqarishni tashkil etish bo'limi muhandisi, po'lat eritish guruhi muhandisi, yoqilg'i-energetika resurslaridan foydalanish bo'yicha muhandis

2009-2010 yy. - O’zbekiston Respublikas Bank-moliya akademiyasi talabasi (magistratura)

2011-2019 yy. - "O'zmetkombinat" AJ prognozlash va narxlanish bo'limining 1-toifali iqtisodchisi, bosh iqtisodchi o'rinbosari, bosh iqtisodchi, xaridlar bo'yicha direktor, investitsiyalar departamenti boshlig'i o'rinbosari, iqtisodiyot boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari

2019-2020 yy. - CHEK "SFI Management Group" MCHJ Tahliliy hisob-kitoblar bo'yicha menejer

2020 y. – h.v. - Tijorat masalalari bo'yicha boshqaruv raisi o'rinbosari v.b.

Vazifalari:

  • Kombinat tijoriy faoliyatiga funksional vazifalari bilan muvofiqlashtirilgan holda rahbarlik qiladi;
  • Quyidagi tarkibiy bo'linmalar rahbarlarining funksional vazifalarini bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi: Moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi, tovar bozori kon'yunkturasini o'rganish bo'limi, metallurgiya xom ashyosi bilan ta`minlash va sotish boshqarmasi, "Neft mahsulotlari ta`minoti " boshqarmasi va unga bo'ysunadigan boshqa xizmatlar/bo'limlar;
  • mahsulotlarni eksport qilish bo'yicha prognoz ko'rsatkichlari bajarilishini nazorat qiladi;
  • kombinatning uzluksiz ishlashida xom-ashyo va materiallarni yetkazib berishni ta'minlaydi va nazorat qiladi;
  • xalqaro shartnomalar doirasida imzolangan mahsulotlar importi bo'yicha ikki tomonlama bitimlarning bajarilishini ta'minlaydi;
  • korporativ xarid qilish bo'yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), shu jumladan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni import qilish bo'yicha eng yaxshi takliflarni baholash va tanlash uchun tanlov komissiyasiga rahbarlik qiladi;
  • hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar (xizmatlar) aktlari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilish va/yoki topshirish aktlari, tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish uchun ishonchnoma, loyihalar, smeta, hisob-kitob, spetsifikatsiya imzolaydi, kombinat tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida tijorat masalalari bo'yicha boshqaruv raisi o'rinbosari tomonidan nazorat qilinadigan funksional vazifalarni bajaradi;
  • Kombinatning investitsiya faoliyati bog'liq bo’lgan quyidagi hujjatlar, shartnomalar va bitimlar imzolash huquqiga ega:

- ichki va tashqi bozorlarda mahsulot va tovarlar (xomashyo, materiallar, sarf materiallari, ofis materiallari, mebel, ofis texnikasi va har qanday turdagi ta'minot) xarid qilish bo'yicha;

- birja savdolarida va eksportga sotish mo’ljallangan mahsulotlar va tovarlarni;

- ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish uchun (pudrat, qurilish, transport, marketing, reklama, inspeksiya, tovarlar soni va sifatini tekshirish, transport vositalarini sug'urtalash, olib kirilayotgan  va olib chiqilayotgan yuklarni, boshqa barcha xizmatlarni;

- auditorlik, advokatlik, baholash, konsalting va hakozolarni kuzatib borish va asrash.);

- O'zbekiston Respublikasi xududidagi kombinatning barcha bo'linmalari, filiallari va boshqa obyektlarini hamda kombinatning ishlarini ishlab chiqarish ta'mirlash bo’yicha;

- kombinat tarkibiy bo'linmalari va kombinat xodimlari uchun oziq-ovqat, temir yo'l, aviachiptalar, kanselyariya mahsulotlari sotib olish shartnomalarida;

- tarkibiy korxonalari va profil bo'lmagan obyektlari uchun xom ashyo va materiallar, yem-xashak, oziq-ovqat qo'shimchalari va shunga o'xshash tovarlar sotib olish bo'yicha shartnomalarga.

  • Mahsulotlar(ishlar, xizmatlar) uchun har qanday tashqi shartnomalar va kontraktlarni imzolash huquqiga ega.
  • kombinatning investitsion loyihalar doirasidagi faoliyat bilan bog`liq amalga oshirilgan ishlar,
  • shunigdek, tijorat banklari bilan loyihalarni moliyalashtirish uchun tuziladigan shartnomalar (kreditlar, kafolatlar, kafillik, akkreditivlar) tovarlar (ishlar ,xizmatlar) bo'yicha boshqa har qanday shartnoma va bitimlarga bundan mustasno.
  • Kombinat boshqarivi raisining tijorat masalalr bo`yicha o`rinbosariga bo`ysunuvchi tarkibiy bo`linmalar bilan bevosita aloqador chiquvchi korrespondensyalarga;
  • Tijorat masalalari bo'yicha boshqaruv raisi o'rinbosari vaqtincha bo'lmagan davrda uning vakolatini - mahalliylashtirish, sanoat va axborot texnologiyalarida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo'yicha boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari yoki kombinat boshqaruvi raisining buyrug'i bilan vaqtincha tayinlangan boshqa shaxs amalga oshiradi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech