A- A A+

     

SANAQULOV RUSTAMBEK BURXANOVICH

Transport va logistika bo’yicha boshqaruv raisining o’rinbasari v.b.

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kuni: Har payshanba soat 16:00da

Tarjimai holi:

1963 yili Navoiy viloyatida tug’ilgan.

Ma’lumoti – oliy.

1989 yilda Toshkent avtomobil yo’llari institutini tamomlagan,  ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi – avtomobillar va  avtomobil xo’jaligi.

1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tomomlagan, ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi – bank ishi.

1999 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi – Davlat va jamiyat qurilishi.

Mehnat faoliyati:

1980-1981 yy. - «Lеninobod KKK» 5-KB  2-avtobazasining avtomobillarni ta'mirlovchi chilangar o'quvchisi, avtomobillarni ta'mirlovchi chilangar

1981-1983 yy. - Armiyada xizmat

1983-1989 yy. - Toshkent avtomobil yo’llari instituti talabasi

1989-2015 yy. - “Navoiy KMK” DK Markaziy KB texnik bo’lim texnigi, harakat xavfsizligi xizmati muhandisi, ekspluatatsiya bo'limi boshlig'i, yangi texnika bo'yicha bosh muhandis o'rinbosari,  avtotransport boshqarmasi boshlig'i, rejalashtirish bo’limi boshlig’i, transport bo’yicha direktor o’rinbosari, “Navoiy KMK” DK transport bo’yicha bosh direktor o’rinbosari

2015-2017 yy. - Navoiy viloyati Uchquduq tumani hokimi

2017-2020 yy. - “Navoiy KMK” DK "ГМЗ-1"  KB transport bo’yicha direktor o’rinbosari, transport byurosi yetakchi muhandisi

2020- h.v. - Transport va logistika bo’yicha boshqaruv raisining o’rinbasari v.b.

Vazifalari:

- quyidagi idoralar rahbarlarining funktsional vazifalarini bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi: transport va logistika bo'limi, avtomobil transporti boshqarmasi va sanoat temir yo'l transporti boshqarmasi AO “Olmaliq KMK”;

- avtomobil, temir yo'l va texnologik transportning tizimli ishlashini amalga oshirilishini nazorat qiladi;

- transport boshqarmalari faoliyatini, yuk tashishda yangi texnikani, texnologik jarayonlar va logistikani joriy etishni rivojlantirish va takomillashtirishni ta'minlaydi;

- Yuk tashish rejasini bajarilishini va harakat tarkibining samarali ishlashini nazorat qiladi;

- transport buzilishi holatlarini, uzilishlar sabablarini tahlil qilishda ishtirok etadi va ularni bartaraf etish uchun zarur choralarni ko'radi;

- avtomobil va temir yo'l transportining yoqilg'i – moylash materiallaridan oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;

- ichki zahiralardan maksimal darajada foydalangan holda transport vositalarining samaradorligini oshirish va tashish harajatlarini kamaytirish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

-Yuqori turuvchi tashkilotlarning hujjatlarini, kombinat rahbariyatining buyruqlari, topshiriqlari va farmoyishlarini nazorat qilishni va bajarilishini belgilangan shakl bo’yicha hisobotlarni o'z vaqtida va sifatli tayyorlanishini ta'minlaydi;

- hisob-fakturalarni, bajarilgan ishlar (xizmatlarni) aktlarini, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilish va/yoki topshirish aktlarini, loyihalarni, smetalarni, hisob-kitoblarni, arizalarni, spetsifikatsiyalarni imzolaydi, kombinat tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida amalga oshiriladigan transport va logistika boshqaruvi raisining o'rinbosari tomonidan boshqariladigan funksional vazifalarni bajaradi;

- Transport va logistika bo'yicha boshqaruv raisi o'rinbosarining vaqtincha yo'qligi davrida uning vakolatlari kombinat boshqaruvi raisining buyrug'i bilan vaqtincha tayinlangan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech