A- A A+

SALIMOV KAMOLIDDIN TO'XTASINOVICH

Istiqbolli rivojlantirish va investisiyalar bo’yicha boshqaruv raisining o'rinbosari v.v.b

Telefon: +998 78 141-93-40

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: har chorshanba soat 16:00 da 

Vazifalari:

  • Kombinatning investitsion faoliyati yuzasidan ishlarga funksional vazifalariga muvofiq holda rahbarlik qiladi;
  • Quyidagi tasarufdagi korxonalar rahbarlari tomonidan funksional vazifalari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi va nazorat qiladi: kapital qurilish boshqarmasi, investitsiyalar departamenti, loyiha ishlari boshqarmasi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, shuningdek kombinatning tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga asosan boshqaruv raisining istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo’yicha o’rinbosariga bo’ysinuvchi boshqa tasarufdagi bo’linmalar, bo’lim/xizmatlariga;
  • Loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida ishlarni muvofiqlashtirib boradi, Kombinatni rivojlantirishning asosiy konsepsiyasi doirasida qabul qilinayotgan qarorlar va amalga oshirilayotgan harakatlar muvofiq holatini nazorat qilib boradi;
  • biznes, bozorning yangi yo’nalishlarini o’zlashtirish bo’yicha takliflarni tayyorlaydi;
  • Kombinatni texnik va ma’muriy jihatdan modernizatsiyalash bo’yicha loyihalarni ishlab chiqadi;
  • Rivojlanishning samarali strategiyasi va Kombinatning rivojlantirish rejasining asosiy bo’limlarini ishlab chiqadi;
  • Kombinatning moliyaviy, ishlab chiqarish va tijorat ko’rsatkichlari asosida kombinat investitsion siyosatining konsepsiyasini ishlab chiqadi.
  • Hisob-fakturalar, bajarilgan ish(xizmat)lar dalolatnomalari, tovar(ish,xizmat)larni qabul qilish yoki topshirish dalolatnomalari, tovar modiy boyliklarini qabul qilish bo’yicha dalolatnomalar, kombinat faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladigan, istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo’yicha o’rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladigan funksional vazifalari bajarilishi va kombinat tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida rasmiylashtiriladigan loyihalar, smeta, kalkulyatsiyalarni imzolaydi.
  • Quyidagi hujjatlar, shartnomalar va bitimlarni imzolash huquqiga ega(kafolat xatlarini istisno qilgan holda):

- loyiha va investitsion loyihalarni amalga oshirishga taalluqli, tasdiqlangan manzilli qurlrishlar ro`yxatiga kiritilgan, shuningdek, loyihaoldi va loyiha-tadqiqot, qurilish-pudrat, konsalting va qurilish sohasidagi boshqa xizmat va ishlarga;

- investitsion loyiahalarni jalb etilish va ularni amalga oshirish masalalariga;

- yangi loyihalar tadqiqot va joriy etilishiga;

- ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnikalarni, texnologiyalarni, mexanizatsiya va avtomatlashtirishni  joriy etish va qayta ishlashga boshqaruv raisining birinchi o`rinbosari – bosh muhandis bilan qat`iy kelishilhan holda;

- boshqaruv raisining istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo’yicha o’rinbosariga bo`ysunuvchi tarkibiy bo`linmalar bilan bevosita aloqador chiquvchi korrespondensyalarga;

  • Istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo’yicha o’rinbosari vaqtincha bo'lmagan davrda uning vakolatini – boshqatuv raisining birinchi o`rinbosari – bosh muhadis yoki kombinat boshqaruvi raisining buyrug'i bilan vaqtincha tayinlangan boshqa shaxs amalga oshiradi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech