A- A A+

Ustav fondi

Jamiyat Ustav fondi baholangan qiymati mol-mulk va davlat korxonalarining qayta ko’rilgan boshqa aktivlarni, Jamiyat aksiyalari nominal bahosi teng ulushlari ko’rinishida taqsimlangan narxlarda aksiyadorlar baholangan qiymatdan tashkil etadi.

 

Jamiyat Ustav fondining miqdori 189 563 941 (bir yuz sakson toʻqqiz million besh yuz oltmish uch ming toʻqqiz yuz qirq bir) dona aksiyalarga boʻlingan 741 953 265 074.00 (etti yuz qirq bir milliard toʻqqiz yuz ellik uch million ikki yuz oltmish besh ming yetmish toʻrt) soʻmni tashkil qiladi hamda, shu jumladan:

            - davlat ulushi98,81 foizi, ya’ni jami 733 148 495 062.00 (etti yuz oʻttiz uch milliard bir yuz qirq sakkiz million toʻrt yuz toʻqson besh ming oltish ikki) soʻmlik, 187 314 383  dona oddiy aksiyalarga boʻlingan;

            - jismoniy va yuridik shaxslar ulushi - 1,19%, 8 804 770 012.00 (sakkiz milliard sakkiz yuz toʻrt million yetti yuz yetmish ming oʻn ikki) soʻmlik 2 249 558 dona imtiyozli aksiyalarga boʻlingan (joylashtirilgan).

Jamiyatning Ustav fondi qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan qonunchilikda va ushbu Ustavda belgilangan tartibda koʻpaytirilishi mumkin.

Jamiyat har birining nominal qiymati 3 914 soʻm boʻlgan egasining nomi yozilgan oddiy va imtiyozli 189 563 941 dona naqdsiz aksiyalarni chiqarishni amalga oshirgan, jumladan:  

  • 187 314 383 dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar;
  • 2 249 558 dona egasining nomi yozilgan imtiyozli aksiyalar.

Jamiyat joylashtirilgan aksiyalariga qoʻshimcha ravishda nominal qiymati 3 914 soʻm boʻlgan 402 231 300  dona 1 574 333 308 200 soʻmlik e’lon qilingan oddiy aksiyalar hamda 22 495 580 dona 88 047 700 120 soʻmlik imtiyozli aksiyalar joylashtirish huquqiga ega.

Aksiyalar egasi bo’lgan har bir Jamiyat a'zosi mazkur ustavdan belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo’lib, u aksiyador deb nomlanadi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech