• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnat muhofazasi – inson hayoti va salomatligi garovi

07 Fevral 2023, 10:36 644

Joriy yilning 3-fevral kuni “Metallurg” MSda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2022-yilda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi sohasida amalga oshirilgan ishlarning tahliliga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

OKMK Bosh muhandisi v.b Sergey Larionov olib borgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi vakillari, kombinat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, MM va XT bo‘yicha mas'ullar, kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislari ishtirok etishdi.  

Tadbir avvalida, OKMK mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Jo‘rayev 2022-yilda sohada amalda oshirilgan ishlar va 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalari bo‘yicha hisobot berib o‘tdi.

Shuningdek, kombinat tarkibiy bo‘linmalari xususan, Mis eritish zavodi, Mis boyitiish fabrikasi, Qalmoqqir kon boshqarmasi, Texnologik transport boshqarmasi kabi yirik ishlab chiqarish bo‘linmalarida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar, ularning sabablari tahlil etildi. Unga ko‘ra, aksariyat noxush holatlarning sababi uzoq yillik tajribasiga ishongan ishchining o‘z vazifasiga yengil yondoshishi va ko‘plab holatlarda xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilinmaganligi ta'kidlandi.

Shuningdek, mas'ullar ishlab chiqarish nazorati bo‘yicha olib borilgan ishlar, turli yo‘nalishlarda aniqlangan kamchiliklar, jarohatlanishlar yuzasidan ma'lumotlar berib o‘tishdi. 

Yig‘ilish so‘nggida kasb kasalliklari profilaktikasi, ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Mas'ullarga xodimlarning xavfsizlik qoidalari bilan doimiy tanishtirilishi, nazoratda bo‘lishi lozimligi ta'kidlandi. Bundan tashqari, bo‘linmalarda uchrayotgan baxtsiz hodisalarni 2023-yilda oldini olish, bu boradagi eng muhim chora-tadbirlar keltirilib, aniq rejalar taqdim etildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech