• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK: rejalar bajarilishi ta'minlandi

06 Fevral 2023, 10:29 1490

Mamlakatimizda yanvar oyida kuzatilgan anomal sovuq ob-havo bo‘lishiga qaramay, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan bashorat ko‘rsatkichlari bajarilishga erishildi.

O‘tgan oyda tovar mahsulotlari ishlab chiqarish rejasi 102,6%ga bajarilishi ta'minlandi. Shuningdek, mis kuporosi, selen, tellur, perranat ammoniy, palladiy kukuni, molibden 3 oksidi ishlab chiqarish vazifalari ham bajarildi.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalari kesimida oladigan bo‘lsak, 2-Mis boyitish fabrikasi tomonidan mis xom ashyosini qayta ishlash rejasi 100,4%ga, konsentratda mis metalli rejasi 125%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.

O‘z xom ashyomizdan rux metali ishlab chiqarish bo‘yicha Rux zavodi mehnat jamoasi tomonidan 101,9%lik natija qayd etildi. Shuningdek, sulfat kislotasi tayyorlash vazifasi ham 100,4%ga uddalandi.

Kombinat tarkibidagi yer osti konlari mehnat jamoalari ham yanvar oyini yorug‘ yuz bilan yakunlashdi.

Xususan, Angren kon boshqarmasi mehnat jamoasi oltin tarkibli rudani qazib olish rejasini 101,8%ga, ushbu rudalarni qayta ishlash rejasini 101%ga bajardi. Shuningdek, konsentratda 1-metall rejasi 103,7%ga, 2-metall rejasi 129,9%ga ado etildi.

Namangan viloyatida joylashgan Chodak kon boshqarmasi mehnat jamoasi yuksak natijalarga erishdilar. Ular tomonidan konsentratda 1-metall rejasi 100,1%ga, 2-metall rejasi 155,3%ga bajarildi. Oltin tarkibli rudani qazib olish va qayta ishlash rejasining bajarilishi ham ta'minlandi.

Kovuldi koni konchilari tomonidan oltin tarkibli rudani qazib olish va qayta ishlash rejasi bo‘yicha 109,7% hamda 114,4%lik natija qayd etildi. Konsentratda 1-metall rejasi 116,2%ga 2-metall rejasi esa 120,3%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech