• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Sulfat kislotasi
Standart:GOST 2184
Ishlab chiqarish jarayoni:
  • metallurgik agregatlarning tarkibida sulfat saqlovchi texnologik oqova gazlarini yuvish;
  • texnologik oqova gazlarni quritish;
  • sulfat (IV) oksidli gazlarni, sulfat (VI) oksidli gazlarga o’tkazish uchun kontakt usulidan foydalanish (SO2 в SO3);
  • sulfat (VI) oksidli gazlarni sulfat kislotasi olish uchun absorbsiya jarayoniga uchratish (SO3 в H2SO4);
  • tayyor kislotani maxsus sisternalarga quyish va iste'molchilarga jo’natish.
Qo’llanilishi: Rudalarni qayta ishlashda, asosan kamyob elementlar qazib olishda, mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda, qo’rg’oshin akkumlyatorlarida elektrolit sifatida, turli xil mineral kislotalar va tuzlar olishda, kimyoviy tolalar, bo’yovchi moddalar, portlovchi moddalar ishlab chiqarishda, neft sanoatida, metalni qayta ishlashda, tekstil va oziq-ovqat sanoatida esa E513 oziq-ovqatga qo'shimcha sifatida foydalaniladi hamda organik sintezda ishlatiladi.
Shakli va qadoqlanishi: Sulfat kislotasi tashqi ko’rinishidan rangsiz, moysimon suyuqlik bo’lib, 20 ºC dagi zichligi 1,8305 g/m³. Sulfat kislotasi maxsus temir yo’l sisternalarida yoki quvurlar majmuasi orqali tashiladi. Sulfat kislotasini iste'molchilarga jo’natishda 10 tagacha sisterna yoki konteynerlar, yaxshilangan kislota yoki oleum uchun bittadan ko’p bo’lmagan sisterna yoki konteyner bitta to’p hisoblanadi. Tayyor mahsulotni boshqalarga jo’natishda to’p - 20 tonnadan oshmasligi kerak.

Markasi: "Tozalangan"

                "Texnik"

Texnik sulfat kislotasining yaxshilangan va texnik markalari (1 nav va 2 nav) GOST 2184 bo’yicha ishlab chiqariladi.

Ko’rsatgich nomlanishi

Belgilangan norma

  Yaxshilangan 

Texnik

1 nav

2 nav

Monogidrat massa ulushi, %

92,5-94,0

Kam emas 92,5

Temirning massa ulushi (Fe), % ko’p emas

0,006

0,02

0,11

Qizdirilgandan keyin qolgan qoldiq massasi, % ko’p emas

0,02

0,05

Belgilanmaydi

Azot oksidlari massa ulushi (N2O3), % ko’p emas 

0,00005

Belgilanmaydi

Mishyak massa ulushi  (As), % ko’p emas

0,00008

Belgilanmaydi

Qo’rg’oshin massa ulushi (Pb), % ko’p emas  

0,001

Belgilanmaydi

Xlor birikmalari massa ulushi (Cl), % ko’p emas  

0,0001

Belgilanmaydi

Eritmaning solishtirish uchun rangi см3, ko’p emas  

1

6

Shaffoflik     

Suyultirilmasdan shaffof

Belgilanmaydi 

Text to speech