• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Avtomobil transporti boshqarmasi

Avtomobil transporti boshqarmasi “Olmaliq KMK” AJning yirik tarkibiy bo‘linmalaridan biri sanaladi. Uning tarkibiga 5ta avtokorxona, ta'mir-xo‘jalik uchastkasi, “Avtomobilchi” dam olish bazasi kiradi.

Korxona kombinat konlaridan tog‘ jinsini tashiydi, buldozer, yo‘l-qurilish, maxsus texnikalar bilan ta'minlaydi. Xo‘jalik va yo‘lovchi tashish ishlarini amalga oshiradi. ATB tarkibiy bo‘linmalari geografiyasi Toshkent, Jizzax, Surxondaryo, Namangan viloyatlarini qamrab oladi.

1965-yili Oltin topgan va Qalmoqqir konlaridan ishlar boshlangan, mustaqil xo‘jalik sifatida avtomobil boshqarmasi kombinati tarkibida tashkil etildi. O‘sha paytda uning tarkibida 3ta avtokorxona bo‘lib, yillar davomida ularning soni ko‘payib bordi, traktor parki va avtota'mir uchastkasi shular jumlasidan.

2000-yilda OKMKda tarkibiy qayta tashkil etish munosabati bilan Avtotransport boshqarmasi va xo‘jalik transporti avtokorxonasi qo‘shilib, Avtomobil transport boshqarmasi tashkil etildi.

2021-yilning boshida Avtobil transport boshqarmasida qayta tashkil etish ishlari amalga oshirilib, Avtomobil transporti boshqarmasi va Texnologik transport boshqarmasiga ajratildi.

ATB boshqarmasi

Avtomobil transporti boshqarmasi tarkibiy bo‘linmalarida amalga oshirilayotgan vazifalarni muvofiqlashtirib boradi, texnik-eksplautasion normativlarni joriy etadi va qayta ishlaydi, ma'muriy buyruqlar, farmoyishlar beradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi, mutaxassislarni to‘g‘ri taqsimlashni tashkil etadi. 

1-sonli avtokorxona

1-sonli Avtokorxona Olmaliq shahrida joylashgan. Xo‘jalik tashish ishlarini, Kovuldi, Jizzax sement zavodining Baliqli Tau karyeridan texnologik tashish ishlarini amalga oshiradi. Olmaliq, Chirchiq va Jizzax shaharlarida joylashgan kombinat korxonalarini avtomobil' transporti bilan ta'minlaydi hamda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatadi.

2-sonli avtokorxona

2-sonli avtokorxona Angren shahrida joylashgan.

Ko‘chbuloq, Semg‘uron, Razvedochnaya Qizil olma, Chumauk shaxtalaridan Oltin saralash fabrikasiga rudalarning texnologik tashishini amalga oshiradi. Angren kon boshqarmasini xo‘jalik avtotransport vositalari va yo‘l-qurilish texnikalari bilan ta'minlaydi.

3-sonli avtokorxona

3-sonli avtokorxona Namangan viloyatining Chodak posyolkasida joylashgan Chodak kon boshqarmasida texnologik tashishni amalga oshirib, xo‘jalik avtotransport vositalari va yo‘l-qurilish texnikalari bilan ta'minlaydi.

4-sonli avtokorxona

4-sonli avtokorxona Surxondaryo viloyatining Sherobod viloyatida joylashgan. Sherobod sement zavodida texnologik va xo‘jalik tashish ishlarini amalga oshiradi.

5-sonli avtkorxona

5-sonli avtokorxona Surxondaryo viloyatining Xondiza posyolkasida joylashgan.

Xondiza kon boshqarmasida texnologik va xo‘jalik tashish ishlarini amalga oshiradi.

Ta'mir-xo‘jalik uchastkasi

Uchastka 1-sonli avtokorxona hudida joylashgan. ATB tassarufidagi korxonalar binolarini, inshootlarini ta'mirlaydi, shuningdek ATBga biriktirilgan Olmaliq shahridagi ko‘p qavatli uylarni ta'miri va issiqlik tizimi quvurlarini almashtiradi.

“Avtomobilchi” dam olish bazasi

“Avtomobilchi” dam olish bazasi “Toshkent” suv ombori sohilida joylashgan. Ushbu baza kombinat ishchi-xodimlarining hordiq chiqarishlari uchun mo‘ljallangan.

Boshliq: Saidqodirov Azizjon Toshpo‘latovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech