"Olmaliq KMK" AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Tibbiy sanitariya qismi loyiha asosida qurilib, 1984-yildan foydalanishga topshirilgan.
Asosiy davolash-profilaktika binosi 4 qavatdan va ma’muriy bino 2 qavatdan iborat. Muassasa poliklinikasi Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufida boʻlib, byudjet mablagʻi hisobidan moliyalashtirilgan.
2015-yil 1-apreldan Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasining shartnomaviy boʻlimi shaklida faoliyat yuritgan. 2022-2023-yillar davomida tibbiy sanitariya qismi binosida mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilib, zamonaviy tibbiy diagnostika va davolash asbob-uskunalari, tibbiy jihozlar bilan hamda orgtexnika bilan ta’minlandi.
2023-yil 16-avgustda Tibbiy sanitariya qismi qayta tashkil etilib "Olmaliq KMK" AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tarkibida o’z faoliyatini davom ettirdi.
Tibbiy sanitariya qism poliklinikasining quvvati 1 smenaga 300 nafar ishchi-xodimlar qabul qilishga moʻljallangan boʻlib, 2 smenada faoliyat koʻrsatadi. Yiliga 169 000 nafar odamga xizmat ko’rsatadi.
Yilliga 35 mingdan ortiq kombinat ishchi-xizmatchilariga, shulardan 6 mingtaga yaqin ayollarga tibbiy xizmat ko’rsatadi.
Bugungi kunda Tibbiy sanitariya qism poliklinikasida rentgen diagnostika xonalari, fizioterapiya xonalari, tor mutaxassislari (jarroh-travmatolog, oftalmolog, nevropatolog, infeksionist, kardiolog, LOR, ginekolog) muolaja xonalari, bogʻlov xonalari, korxona terapiya xizmati, klinik-bioximik laboratoriya, UTT xonasi, ma’muriy xonalar va x.k., shuningdek, 30 oʻrinli kunduzgi statsionar, markaziy sterilizatsiya xonasi, profilaktika xizmati xonalari, endoskopiya xonasi, rejali jarrohlik tashxis xonasi, konferens-zaldan iborat. Umumiy 150 dan ortiq personaldan tarkib topgan.
Shuningdek, kombinat korxonalarida ham tibbiy sanitar qism tasarrufidagi 30 ta tibbiy tayanch punktlari boʻlib, ularda 190 nafar xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.
Tibbiy sanitar qism boshligʻi: Abdujabbor Toʻxtaboyev
Telefon: (+998) 71 61 91779