Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Jamiyat faoliyatining asosiy vazifalari, yo'nalishlari va maqsadi

Jamiyat faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

  • Mineral xom-ashyo bazasini kengaytirish, rangli va nodir metallar rudalari yangi konlarini oʻzlashtirish sohasida togʻ-kon sanoatini yuritish, foydali qazilmalarni olish va ularni kelgusida qayta ishlashni tashkillashtirishning zamonaviy usullari tatbiq etilishini ta’minlashga, rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida eksportga moʻljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilishini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan yagona texnik siyosatni amalga oshirish;

  • Ishlab chiqarishning yuqori barqaror oʻsish sur’atlarini ta’minlash, yuqori qoʻshilgan qiymatli sanoat mahsulotlarining eksport hajmlarini oshirish maqsadida, shu jumladan mahsulotlar sotiladigan yangi bozorlarni oʻzlashtirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini pasaytirish va sifatini oshirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish hisobiga tarkibiy islohotlarni, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni yanada chuqurlashtirish;

  • Yangi yuqori texnologik korxonalar qurilishi va ishga tushirilishini, yangi ish oʻrinlari yaratilishini, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlari samaradorligi va shaffofligini kuchaytirishga qaratilgan loyihaviy boshqaruvning zamonaviy usullari tatbiq etilishini nazarda tutadigan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiyalar, shu jumladan chet el investitsiyalarining barqaror jalb etilishini ta'minlaydigan faol investitsiya siyosatini olib borish;

  • Ayrim turdagi mahsulotlar va xizmatlar importini bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, import oʻrnini bosish va ichki bozorni kerakli mahsulotlar va butlovchi buyumlar bilan ta'minlash jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan ustuvor foydalanish asosida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyani kengaytirish;

  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini, shu jumladan rangli, qimmatbaho, nodir metallar va qattiq qotishmalar sohasida amaliy tadqiqotlar dasturlarini bajarish doirasidagi ishlarni tashkillashtirish, yangi texnologiyalar va innovatsiya loyihalarini ishlab chiqishda va ishlab chiqarishga tatbiq etishda ishtirok etish;

  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish, ushbu asosda boshqaruv samaradorligi oshirilishini, ishlab chiqarish xarajatlari va ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi kamaytirilishini, uning raqobatbardoshligi, shuningdek Jamiyat moliya-xoʻjalik faoliyatining shaffofligi kuchaytirilishini ta'minlash;

  • Jamiyatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, texnik-muhandislar va boshqaruv kadrlar malakalarini oshirish, kooperatsiyani oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar ta’lim va ilmiy muassasalar bilan kuchaytirish orqali ularning qayta tayyorlanishini tashkillashtirish, qattiq raqobatchilik sharoitlarida tarmoqning samarali faoliyat yuritishini ta’minlay oladigan yosh va iste’dodli mutaxassislarni jalb etish.

 

Jamiyatning faoliyat maqsadi daromad olish hisoblanadi. Jamiyat shuningdek, o'z faoliyatini quyidagi maqsadlarda amalga oshiradi:

  • Kon va metallurgiya ishlab chiqarishi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;

  • Eksportga mahsulotlar sotish va yetkazib berish bozorlarini kengaytirish, buyurtmalar portfelining shakllantirishini va mahsulotning kafolatlangan sotilishini ta’minlash;

  • Investitsiyalarni keng joriy qilish, ilgʻor chet el firmalari va kompaniyalari bilan birga zamonaviy  texnologiyalar negizida va yangi raqobatli afzalliklarni ta’minlaydigan qoʻshma ishlab chiqarishlar va korxonalar tashkil qilish;

  • Jamiyat tarkibiga kiradigan barcha tarkibiy boʻlinmalarning umumiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • Ilmiy-texnika siyosati ishlab chiqish va amalga oshirish, texnika va texnologiyalarning yangi progressiv turlarini joriy qilish;

  • Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yanada yuqori darajada qayta ishlanadigan va qoʻshimcha qiymatli mahsulotlarni oʻzlashtirish;

  • Tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish asosida olib kelinayotgan import mahsulotlarining nomenklaturasini qisqartirish;

  • Asosiy ishlab chiqarishni lokalizasiyalashni chuqurlashtirish va mahsulot ishlab chiqarishdagi import qismlarni kamaytirish;

  • Jamiyatning asosiy faoliyati rangli, qimmatbaho, noyob va boshqa metall rudalarini qazib chiqarish va boyitish boʻyicha ishlab chiqarishni tashkil qilish, tozalangan mis, rux metalli, qimmatbaho va noyob metallar va ularning qotishmalarini, oltingugurt kislotasi, boshqa turdosh oraliq mahsulotlarni ishlab chiqarish hisoblanadi.

    Jamiyat faoliyatining sohasiga yana quyidagilar kiradi:

  • Tarkibida rangli va qimmatbaho metallar mavjud boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqindilarni yigʻish va qayta ishlash;

  • Oʻzbekiston Respublikasi korxonalaridan kelib tushayotgan, shuningdek, xorijdan import boʻyicha  kelib tushayotgan xom-ashyoni qayta ishlash;

  • Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik, loyiha-izlanish, geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirish;

  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini, qoʻriqlash, yongʻindan avtomatik tarzda xabar berish va telekuzatuv tizimlarini, ma’lumotlar berish tarmoqlarini loyihalash, montaj qilish, sozlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish;

  • Kislorod, azot, argon, karbonat kislota va propan ballonlarini ta’mirlash va texnik koʻrikdan oʻtkazish;

  • Yuk va yoʻlovchilarni avtotransportda va temir yoʻlda tashish;

  • Portlovchi moddalar va portlaydigan vositalarni ishlab chiqish, ishlab-chiqarish, yetkazib berish;

  • Portlatish ishlarini olib borish;

  • Qurilish materiallari, konstruksiyalari va mahsulotlari, jumladan qurilish va oq (portland) sement ishlab chiqarish;

  • Turli diametrdagi mis quvurlari ishlab chiqarishni tashkil etish va sotish;

  • Ishlab chiqarish, texnik maqsadlarga moʻljallangan materiallar, tovarlar va mahsulotlarni saqlash, omborxonalarga joylash sohasidagi xizmatlarni koʻrsatish;

  • Umumiy ovqatlanish shahobchalarini tashkil qilish;

  • Yordamchi qishloq xoʻjaliklarini, shirkatlarni rivojlantirish, jamoaviy bogʻdorchilik, polizchilik, oʻrtoqchiliklarni rivojlantirishga koʻmaklashish;

  • Aloqa, telefonlashtirish, televidenie, shuningdek, lokal kompyuter tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish;

  • Ta’mirlash-qurilish, qurilish, qurilish-montaj, avariyaga oid ishlarini, yongʻin va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash ishlarini olib borish, jumladan, radioizotop jihozlarni montaj qilish, ishga tushirish va ularga texnik xizmat koʻrsatish;

  • Togʻ-kon va metallurgiya tarmoqlarida maxsus texnologik liniyalar va asbob-uskunalarni, metall konstruksiyalar, nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatlarini montaj qilish va sozlash ishga tushirish, sanitariya-texnik, elektromontaj, izolyatsiya va kimyoviy himoya ishlarini bajarish, ishlab chiqarish obyektlari, transport va muhandislik infratuzilmalarini qurish;

  • Togʻ-kon va metallurgiya tarmoqlarida tasdiqlangan dasturlar, shuningdek, hududiy rivojlanish dasturlari doirasida “toʻliq tugatib topshirish” usulida qurilish, montaj va maxsus ishlarning barcha majmuini amalga oshirish;

  • Xalq iste’moli mahsulotlari, shuningdek, tikuv mahsulotlari va shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarish;

  • Ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga moʻljallangan turli xildagi mahsulotlarni, jumladan, quymalardan nostandart asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish;

  • Keng assortimentli tovarlarning ulgurji va chakana savdosini amalga oshirish, oʻzining ulgurji, tijorat, oziq-ovqat, universal doʻkonlari va supermarketlari tizimini tashkil qilish;

  • Aholiga barcha turdagi maishiy xizmatlarni koʻrsatish;

  • Reklama faoliyati, mijozlar buyurtmasiga asosan reklama mahsulotlarini ishlab chiqarish;

  • Lizing va ijara;

  • Issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish va sotish;

  • Kon-kapital ishlarni amalga oshirish;

  • Uy-joy kommunal va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish;

  • Qishloq xoʻjalik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish;

  • Ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarni, shuningdek, xalq iste’moli mollari, oziq-ovqat  mahsulotlarini qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqarish va sotish;

  • Televidenie va bosma nashrlar orqali aholini korxona, shahar, viloyat, respublikaning koʻproq ahamiyatga ega boʻlgan voqealari haqida xabardor etish;

  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;

  • Dam olish uylari va maskanlari, davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari, maktabgacha ta’lim, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, madaniy va dam olish bogʻlari, attraksionlar va aholiga ijtimoiy va madaniy xizmat koʻrsatadigan boshqa muassasalar ishini tashkil etish;

  • Texnika, texnologiya va boshqa sohalardagi “nou-xau”larni mamlakat ichkarisida va chet ellarda sotish va sotib olish;

  • Respublika hududida va chet ellarda koʻrgazma, kim oshdi savdolari
    va boshqa shunga oʻxshash tadbirlarni tashkil etish va ularda qatnashish;

  • Qimmatli qogʻozlar bozorida investisiya faoliyati;

  • Korxona mablagʻlari hisobidan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan shartnoma asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish;

  • Nodir va noyob metallarni ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida amaliy tadqiqotlar va yangi ishlanmalarni olib borish, nodir va noyob metallardan, yarim mahsulotlardan, qotishmalardan va boshqa yuqori texnologik mahsulotlardan foydalanish boʻyicha zamonaviy ilgʻor texnologiyalarni faol oʻrganish va tadbiq etish;

  • Berilgan kimyoviy va fazaviy tarkibli sof metallar, qotishmalar
    va kompozitsion kukunlar olish orqali nodir va noyob metallarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarish va sanoat asosida oʻzlashtirish;

  • Volfram, molibden ishlab chiqarish, nodir va noyob metallarga chuqur qayta ishlov berish va ulardan ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan buyumlar, qattiq qotishmali asboblar, kimyoviy katalizatorlar, kompozit materiallar va yuqori qoʻshilgan qiymatli boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish;

  • Tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan sanoat yarim mahsulotlarni
    va buyumlarini ishlab chiqargan holda, nodir va noyob metallarni chuqur qayta ishlashni, shuningdek respublikaning boshqa korxonalaridan olinadigan nodir va noyob metallar yarim mahsulotlarini qayta ishlashni ta’minlash;

  • Ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan, qishloq xoʻjaligida
    yer unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladigan fosforit mineral oʻgʻitlarini ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo boʻlgan yuvib kuydirilgan fosforit konsentrati
    va fosforit uni mahsulotlarini ishlab chiqarish;

  • Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan ta’qiqlanmagan va Ustavda nazarda tutilgan asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va maqsadlariga mos keladigan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanish. 

Text to speech