Call-markaz
Ishonch telefoni
Faoliyat turi: Yer osti kon-kapital ishlarini amalga oshirish investitsion loyihalar ro’yxatida ko’zda tutilgan ob'yektlarni, shaxta usti bino va inshoatlarni ishga tushirish. Yangi yer osti konlari va ob'yektlari qurilishini ta'minlash, kon ishlarida zamonaviy texnologiyalarga o’tishni ta'minlash.
Batafsil
Faoliyat turi: «Uchquloch» koni tarkibiga polimetall rudalar koni va qurilish materiallari kareri kiradi. 1996 yildan boshlab kon norentabel ishlagani uchun konservatsiyalangan.
Faoliyat turi: Konning asosiy faoliyati-mis eritish zavodiga jo‘natiladigan va metallurgik ishlov berishda flyus sifatida ishlatiladigan oltin tarkibli kvars rudasini qazib olishdir. Kovuldi koni 6ta uchastkalardan iborat bo‘lib bular: yer osti uchastkasi, kon lahmlarini saqlash va shamollatish uchastkasi, ma'dan tayyorlash uchastkasi, shaxta ustki uchastkasi, burg‘ulash ishlari uchastkasi, ta'mirlash va qurilish uchastkasi.
Faoliyat turi: Polimetall rudalarni qazib olish va qayta ishlash. Tarkibiga shaxta va boyitish fabrikasi kiradi. Mahsulotlari qo’rg’oshin, mis va rux konsentratlari hisoblanadi.
Faoliyat turi: Qimmatbaho metallar tarkibli foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash.
Faoliyat turi: Qazilma boyliklarini qazib olish va qayta ishlash natijasida boyitilgan konsentrat olish. Minerallarga boy tarkibi bo’yicha kon oz va o’rtacha sulfidli rudalning oltin-sulfid-kvars tuzilishiga kiradi. Rudalarning asosiy foydali komponentlari – qimmatbaho metallar, yo’ldosh komponentlari – mis, vismut, selen, tellur. Angren KB tarkibiga Qizil olma, Ko’chbuloq koni, Oltin saralash fabrikasi kiradi.
Faoliyat turi: Qazilma boyliklarini qazib olish. «Qalmoqqir» konining rudalari misporfirli hisoblanadi. Shtokverk chegarasida mis va yo’ldosh komponentlarning taqsimlanishi birtekis emas. Qalmoqqir koni rudalarining sanoat uchun asosiy boyligini ularning tarkibida mis, molibden, qimmatbaho metallar hamda oltingugurt, selen, tellur, reniylar borligi tashkil etadi.