"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ xodimlari kasaba uyshmasining tarixi
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi oʻz faoliyatini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati asos solgan kundan boshlab faoliyat koʻrsatmoqda. Kasaba uyushmasi xodimlarning oʻz faoliyat turi boʻyicha umumiy manfaatga ega boʻlgan ishlab chiqarish, noishlab chiqarish sohalarida, talaba, ishlamaydigan pensionerlarni birlashtiradi.
Kasaba uyushmasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat va Fuqarolik kodekslari, Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi, “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi qonunlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Ustavi, “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Ustavi va jamoa shartnomalari asosida amalga oshiradi.
OKMK kasaba uyushmasi oliy organi Qurultoy hisoblanadi va har 5 yilda bir marta chaqiriladi. Qurultoylar oraligʻida kasaba uyushmasi faoliyatiga kasaba uyushmasi Kengashi rahbarlik qiladi. Kengash a’zolari Qurultoyda saylanadilar.
2011 yil 29 noyabrda kasaba uyushmasi rahbar organi – kasaba uyushmasi qoʻmitasi kasaba uyushmasi Kengashiga aylantirilgan, uni tashkiliy jihatdan rasmiylashtirish ishlari 2012 yil 30 dekabrda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Ustavini qabul qilish bilan yakunlandi.
Kasaba uyushmasi tomonidan kasaba uyushmasi a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini kuchaytirish, ular bilan ishlashni tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida OKMK kasaba uyushmasi Kengashi qoshida mehnat muhofazasi, ijtimoiy himoya, yoshlar va xotin-qizlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy, sport va sogʻlomlashtirish, tashkiliy hamda uy-joy masalalari boʻyicha komissiyalari tashkil qilingan.
Ijtimoiy sheriklikni va ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat munosabatlarni tartibga solish boʻyicha faoliyatda ishtirok etish kasaba uyushmasining muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi. Hozirda 2023-2025 yillarga moʻljallangan Jamoa shartnomasi amal qilmoqda.
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi 38 ta boshlangʻich tashkilotlarini, 46 300 nafardan ortiq kasaba uyushmasi a’zolarini birlashtiradi.
“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi: Xaydarov Abdirashid Djaynakovich
Qabul kunlari: har kuni soat 08.00dan 11.00gacha
Telefon: +998 71 61 963-39
E-mail: profkom@agmk.uz