“Yoshlik I” konini oʻzlashtirish” (I bosqich, 1-navbat) investitsiya loyihasi doirasida “Yoshlik I” karerni qurish va uning ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo etish boʻyicha
MA’LUMOTNOMA
01.01.2026 y.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020 yil 26 maydagi PQ-4731-son qarori
Loyihaning quvvati: yillik 917 ming tonna mis kontsentrati va
2,5 ming tonna molibden kontsentrati.
Loyiha qiymati: 4 620,4 mln dollar
Moliyalashtirish manbai: Oʻz mablagʻlari, Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya mablagʻlari.
Joylashgan manzili: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, “Olmaliq KMK” AJ.
Xomashyo bazasi: Qalmoqqir, Yoshlik-1 konlari rudalarini qayta ishlash hisobiga ishlab chiqariladigan mis-molibden konsentratidan olinadigan mahsulotlar (mis katodi, oltin, kumush).
Yaratiladigan ish oʻrni: 5 647 ta
Elektr energiyasi sarfi: yillik 568,7 mln KVt/s Gaz iste’moli xajmi: yillik 3,3 mln m3
Tovar mahsulot: yillik 3 594,5 mlrd soʻm Eksport koʻrsatkichlar: yillik 241,6 mln dollar
Loyihani amalga oshirish muddatlari: 2017-2025 yillar Loyihani amalga oshirishdan maqsad: yiliga 60 mln tonna mis-molibden rudasi ishlab chiqarish
2026 yil 1 yanvar holatiga oʻzlashtirish: 4 486,6 mln. dollar.
1. “Yoshlik I” konida karerni qurish va uning ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo etish.
Karerni qurish boʻyicha loyiha boshidan:
240,45 mln m3 dan ortiq (yil boshidan 29,4 mln m3 dan ortiq) kon yuzasini ochish ishlari bajarildi (ishlar 2 smenada tashkil etilib, loyiha boʻyicha 1 800 nafar ishchi-xodimlar va 400 tadan ortiq texnika ishlamoqda) hamda 45,6 km temir yoʻllar yotqizildi;
607 tadan ortiq (487,6 mln dollar) kon texnikasi (54 ta 130 tonnalik, 29 ta 220 tonnalik BelAZ, 5 dona NMT-240 TEREX- KRANTAS 220 tonnalik va 5 dona HITACHI 220 tonnalik samosvallari, 33 ta ekskavator, 23 ta burgʻilash uskunasi, 12 ta aralashtirish-zaryadlash mashinalari) 254 ta temir yoʻl texnikasi (1 ta elektrovoz, 5 ta teplovoz, 212 ta dumpkar, 7 ta yoʻl qurish texnikasi) shuningdek 192 ta yordamchi texnika) xarid qilindi.
Siklik oqim texnologiyasini (“TSPT - Poroda - 2”)yiliga 20 mln m3 dan oshiq boʻsh togʻ jismlarini tashuvchi aSiklli oqim texnologiyasini (“TSPT-poroda”) qurish uchun 5,9 mln m3dan (rejaga nisbatan 80,8 foiz) ortiq yer ishlari amalga oshirildi;
2024 yil 24 iyun sanasida Siklli oqim texnologiyasini (“TSPT Poroda- 2”) “ERS” shartlarida qurish boʻyicha oʻtkazilgan rasmiy tender yakunlariga koʻra «TMX Consulting Ltd» kompaniyasi qiymati 122,2 mln. AQSH dollarga teng (QQS bilan) tijorat taklifi bilan tender gʻolibi deb e’lon qilindi.
2024 yil 6 noyabrdagi 69-8226-son shartnoma imzolandi. Dastlabki boʻnak toʻlovlari toʻliq amalga oshirildi. Asosiy texnik yechimlar kelishildi, bugungi kunda loyihalash ishlari bajarilmoqda.
Kon sanoat maydonchalari:- “Yoshlik I” va “Qalmoqir” konining TK-1 va TK-2 sanoat maydonchalari qurilishi boʻyicha loyiha hujjatlari bosh loyihachi tomonidan taqdim
- “Yoshlik I” sanoat maydonchasining yer ishlari toʻliq
Perimetral toʻsiq devori 100 foizga bajarildi.
Binolarning poydevor qismi 95 foizga ga bajarilgan. “Sklad TMTS”, “Sklad KGSH”, “Naves s osmotrovoy yamoy”da ferma, aloqa, rasporka tayyorlanib montaj ishlari davom etmoqda, “RMM” va “Post svarki i rezki”da binoning metall ustunlari va ularni bir-biriga bogʻlovchi metall (aloqa,rasporka)lar montaji qilinib, ferma tayyorlash ishlari boshlanmoqda. Ma’muriyat binosining tom va devor qismlari sendvich panel qoplamasi bilan yopish ishlari 100 foizga bajarildi. Hozirda ichki xonalar toʻsiq devorlari oʻrnatish, elektromontaj va ventilyatsiya ishlari davom etmoqda.
- “Qalmoqqir” sanoat maydonchasiga olib boruvchi 1,2 km. Yoʻl toʻliq
“Qalmoqqir” sanoat maydonchasining perimetrial toʻsiq devori 100 foizga bajarildi.
Obyektda 80% bino va inshoatlarni kotlovan va transheya qismlari kovlangan hamda “Naves s osmotrovoy yamoy” obyektida armatura toʻqish ishlari bajarilmoqda. RMM va post svarka obyektlariga anker bolt oʻrnatish ishlari bajarilmoqda, hamda mamuriy bino obyektining 90 foiz poydevor qismi bajarilgan hamda gidroizolyatsiya ishlari bajarilmoqda.
- GSHO sanoat maydonchasi qurilishi boʻyicha loyiha hujjatlari bosh loyihachi tomonidan taqdim etilgan.
Bino va inshootlar qurilishi 98 foizga bajarilgan.
Hozirda binolarning suv ta’minoti uchun transheya kovlash ishlari bajarilmoqda.
Kon va boʻsh togʻ jismlarini tashuvchi siklli oqim texnologiyasi uskunalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi TP-8 va TP-9 nimstansiyalari boʻyicha pudratchi “Oʻzelektroapparat-Electroshield” qoʻshma korxonasi tomonidan loyiha hujjatlari bajarildi. Pudratchi tashkilot tomonidan qurilish ishlari 2025 yil tugatilinadi va foydalanishga topshiriladi.
- “TP-8” qurilishi boʻyicha vertikal maydoni tayyorlash ishlari tugatilgan va dalolatnomalar topshirilgan.
- 2 dona 80 MVA transformatorlar oʻ Qurilish montaj ishlari 100 foizga bajarilgan. Pusko-naladka ishlari olib borilmoqda, shu bilan birga obyektni ishga toʻliq tushirish uchun texnik hujjatlar tayyorlanmoqda.
2024 yilning 30 avgust sanasida ishga tushirildi.
- “TP-9” qurilishi boʻyicha vertikal maydonini tayyorlash ishlari tugatilgan va dalolatnomalar topshirilgan.
- 2 dona 63 MVA transformatorlar transformatorlar oʻ Qurilish montaj ishlari 100 foizga bajarilgan.
Qurilish ishlari 100 foizga bajarilgan. Pusko-naladka ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilda ishga tushirishi rejalashtirilgan.
2. 650 megavatt quvvatli tashqi elektr ta’minoti obyekti qurilishi
Elektr ta’minoti obyektlarini qurish boʻyicha “Oʻzelektroapparat- Electroshield” qoʻshma korxonasi tomonidan 10 km 500 kVli elektr liniyasining qurilishi 100 foizga bajarildi.
Shuningdek, 500 kV raqamli podstansiyasida qurilish-montaj ishlari va asosiy uskunalarni yetkazib berish 100 foizga bajarildi. Obyekt 2023 yil dekabr oyida qurilish ishlari yakunlanib, bugungi kunda foydalanishga topshirildi.
3. Portlovchi materialar zavodi va Portlovchi materiallar omborini rekonstruksiya qilish:
Asosiy ishlab chiqarish texnologik uskunalari: Jami 13 dona sigʻim oʻrnatildi, texnologik modullar 100%ga bajarildi, sovutish tizimi toʻliq ishga tushirildi va kompressor hamda bugʻ generatorlari oʻrnatildi. Bino va inshootlar qurilishi yakunlangan boʻlib, hozirda uskunalarni sozlash va sinovdan oʻtkazish ishlari olib borilmoqda.
Yordamchi uskunalar va qurilmalar:
Tashqi elektr ta’minoti, transformatorlar, yordamchi materiallar saqlanadigan ombor, tarqatish omborlari 100%ga bajarilgan. Shuningdek, tashqi va ichki suv ta’minoti tizimlari, qoʻshimcha temir yoʻl kesishmalari qurilishi davom etmoqda. Texnologik suvlarni qayta ishlash uskunasi xarid qilinib montaj ishlari boshlangan. Yoqilgʻi tarqatish ombori inshootlarini xarid qilish va oʻrnatish ishlari yakunlanish arafasida.
Loyiha 2025 yil oxirida toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Vaqtinchalik avto va temir yoʻllar
Tashqi kommunikatsiya va vaqtinchalik temir yoʻl izlari qurilishi olib borilmoqda.
TIAga koʻra jami 45,6 km. temir yoʻllar qurilishi rejalashtirilgan bulib shundan 01.12.2025y. holatiga qurilish ishlari umumiy qiymati 166,3 mlrd. soʻmlik 44,57 km temir yoʻllar toʻliq qurilgan va elektrlashgan.
Joriy yilda “Qalmoqqir va Koltsevaya stantsiyalari hamda ular orasidagi peregon”, “Svinsovaya stantsiyasi”, “Otvalnaya stantsiyasi” va “Fabrichnaya stantsiya”larining MPTS (signal va strelkalarni mikroprotsessorli markazlashtirish) va ESSO (oʻqlar hisobining elektron tizimi) ishga tushiriladi.
Amalga oshiriladigan ishlar.
“Yoshlik I” kareri, Portlovchi materialar zavodi, ASU GTK, “TN-9”, 8,2 km ichki avtomobil yoʻllari, 1,53 km ichki karyer temir yoʻllar quriladi va elektrlashtriladi, 4 ta temir yoʻl stansiyalarining mikroprotsessorli markazi va oʻqlar hisobining elektron tizimi, namunalarni kesish va tahlil qilish laboratoriyasi, boʻsh togʻ jinslarini tashuvchi Siklik oqim texnologiyasi (“TSPT-poroda”) boʻyicha qurilish ishlari amalga oshiriladi.
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.06.2022y.)
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.10.2022y.)
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.01.2023 г.)
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.04.2023 г.)
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.07.2023y.)
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.10.2023y.)
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.01.2024y.)
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.04.2024y.)
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.07.2024y.)
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.10.2024y.)
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.01.2025y.)
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.04.2025y.)
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.07.2025y.)
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.10.2025y.)
-
"Olmaliq KMK" AJ strategik rivojlanishi to'g'risidagi hisobot (01.01.2026y.)